Milliy gvardiya matbuot xizmati Kun.uz muxbiri bilan suhbatda shunday holat bo‘lganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
















