Qatar ukrainalik bolalarni Rossiyadan qaytarish bo‘yicha kelishuvni e’lon qildi
Bu davlatning vositachiligida Ukrainadan Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilingan bolalar oilalariga qatyrailmoqda.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi urush boshlanganidan keyin Rossiyaga olib ketilgan ukrainalik bolalarni o‘z oilalariga qaytarish jarayoni muvaffaqiyatli kechganini ma’lum qildi. Moskvadagi Qatar elchixonasida bolalar uchun ziyofat uyushtirildi va ular manzillarigacha kuzatib qo‘yildi, deyiladi bayonotda. Qatar TIV Rossiya va Ukraina hukumatlariga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
Financial Times nashrining yozishicha, Qatar Rossiya va Ukraina bilan to‘rt nafar ukrainalik bolani qaytarish bo‘yicha kelishib olgan. Gap ikki yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar haqida ketmoqda. Bir bola allaqachon Boltiqbo‘yi mamlakatlari va Polsha orqali Ukrainaga qaytgan. Ikkinchisi esa onasi bilan Qatar orqali uyiga ketmoqda. Yana ikki nafari shu hafta Qatar orqali Ukrainaga boradi. Qayd qilinishicha, ular Qatar va boshqa bir qancha davlatlar bu muammoni hal etish jarayonini boshlaganidan keyin Ukrainadagi oilalariga qaytgan birinchi bolalardir.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy devoni rahbari Andriy Yermak noqonuniy deportatsiya qilingan bolalar masalasi bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rossiyalik oligarx Roman Abramovich shug‘ullanayotganini aytgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar huquqlari bo‘yicha komissar Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi. Ular «bolalarni Ukraina hududidan Rossiyaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilish bilan bog‘liq harbiy jinoyat uchun javobgardir», deyiladi sud qarorida. Rossiya hukumati XJS vakolatini tan olmasligini, shuning uchun bu qaror o‘zi uchun qonuniy kuchga ega emasligini ta’kidlab kelmoqda.
Mavzuga oid
23:07 / 24.01.2025
Tramp Ukraina urushi boshlanishida Putin va Zelenskiyni aybladi
21:25 / 24.01.2025
Putin Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyor ekanini aytdi
19:58 / 24.01.2025
Tramp - Zelenskiy haqida: «U farishta emas, u bu urushga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi»
17:12 / 24.01.2025