Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bir necha uyum paxta yonib ketdi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa bor-yo‘g‘i 12 kg paxta yonganini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda, Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi paxta tayyorlash punktlarining birida paxta xirmonlari yonayotgan video tarqaldi.
Tasvirlarda bir nechta paxta uyumi yonayotgani, ulardan birida olov uyumni butunlay qoplab olganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi munosabat bildirdi va unda aytilishicha yong‘inda bor-yo‘g‘i 12 kg (!) paxta yongan.
«Aniqlanishicha, 16 oktyabr kuni Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” MChJga qarashli paxta qabul qilish maskanida 12 kg paxta xomashyosi yonib ketgan. Yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelgan. Yong‘in Andijon-36 navli 1-sort 2-sinfga kiruvchi paxtaning yuza qismi yongan, “Tetratex” MChJ rahbari tomonidan tadbirkorga mahsulotga yetkazilgan zarar aniqlanib, to‘liq qoplab berilgan», deyiladi vazirlik munosabatida.


Hodisa haqida paxta qabul qilish punktidagi olovni o‘chirgan FVV va uning hududiy boshqarmasi hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi.
Kun.uz'ning qishloq xo‘jaligi, xususan paxtachilik sohasidan xabari bor manbasiga ko‘ra, bir uyum paxtada bir necha o‘n tonna paxta tolasi mavjud bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Andijondagi holat birinchisi emas. 2022 yil 12 oktyabr kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan “Jizzax Instural To‘qima” MChJga qarashli paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘lgandi. O‘shanda bitta g‘aramning ustki qismida 35-40 kg paxta yongani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Ushbu dastur O‘zbekiston va dunyo o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi, deb umid qilaman" - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 15:48
-
Ukraina rossiyalik harbiy asirni Litvaga topshirdi
Jahon | 15:14
-
Afrikadagi dahshatli qotilliklar, Ukrainaga Tomahawk va kosmosda raqobatga kirishgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston va Xitoy OTM qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
Ta’lim | 14:50
Mavzuga oid
14:47 / 27.10.2025
O‘zbekiston va Rhenus konteyner yo‘laklarini rivojlantirish rejasini kelishib oldi
20:41 / 22.10.2025
OChL-2. «Andijon» qatorasiga uchinchi o‘yinni golsiz durang bilan yakunladi
11:12 / 16.10.2025
Andijonda tabiatga 31 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi
09:13 / 11.10.2025