Ötgan hafta, 11 oktyabr kuni Afğonistonda 280 km, eni 100 metr bölişi kutilayotgan Qöştepa kanali qurilişida 2-bosqiçga start berildi.

Kun.uz muxbiri yana bir bor mavzuga qaytdi va davom etayotgan quriliş, loyiha ortidagi kuçlar, uning Özbekiston uçun eng oddiy va jiddiy oqibatlari, bu borada ikki tomonlama muloqotlar borişi haqida suhbat ötkazdi.

Suhbat mehmonlari Qişloq xöjaligi fanlari doktori, professor Usmon Norqulov, Bolonya universiteti magistri, gidrolog Sobirjon Qodirov va siyosiy tahlilçi Suxrob Böronov böldi.

— Usmon aka, siz bilan bundan ön oy avval Qöştepa kanali qurilişining hali birinçi bosqiçi davom etayotgan kunlarda gaplaşgan edik. Esimda, öşa suhbatda siz kanal qurilişiga tösiq böladigan köplab muammolar haqida gapirgandingiz. Ammo kördikki, “Tolibon” 10 oy içida nafaqat muammolarni yengib ötib, kanalning birinçi bosqiçini qurib tugatdi, balki ikkinçi bosqiçga ötişga ham ulgurdi. Xöş, işlar bunday rivoj topişini kutganmidingiz yo quriliş siz kutmagan tarzda juda tez ketyaptimi?

Usmon Norqulov:

— Çindan ham “Tolibon” işni juda tezlaştirib yubordi. Işlar boşlanişidan avval kanal loyihasi uçun 4-5 yil kerak bölişi aytilgandi, hisob-kitoblar ham şunga olib borardi. Lekin ular bir yildan sal oşiq vaqtda işlarning deyarli 50 foizini bajarişdi. Ammo esdan çiqarmaslik kerakki, bu tezlaşiş hali kanal bitdi degani ham emas, bunda kanalning faqat özani olindi. Kanal hali oddiy tuproq özanda turibdi. Har qanday kanal qurilişi talablariga köra, unga qöşimça bir qança inşootlar ham bölişi, qurilişi kerak. Bundan taşqari, qöşimça tarmoq kanallar qaziş, massivlarda yana içki tarmoqlaş qaziş işlari ham bor. Bu loyihalar haqida hali ma’lumotlar yöq. Lekin işlar taxmin qilinganidan tezroq ketayotgani rost.

— Hozir şunday ma’lumotlar borki, afğon tomoni Qöştepa kanali orqali kelgusida 600-650 ming gektardan ziyodroq maydonni suğoriş uçun suv olişi mumkin. Ammo bir muddat avval suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Kun.uz sayti uçun intervyu berib aytdiki, undagi ma’lumotlar böyiça suv 300-350 ming gektar uçun olinişi mumkin.

Olim sifatida tahlillaringiz qiziq, 300 ming gektar uçun suv olinganda Amudaryoning imkoniyati qanda-yu, 600 ming va undan ortiq maydon uçun suv olinsa, buning biz uçun oqibatlari qanday böladi?