Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshiradigan boshqaruv kadrlarining lavozimlari tarkibi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, akademiya tomonidan tegishli vazirliklar bilan birgalikda 2023 yil oktyabr-2024 yil iyun oylarida boshqaruv kadrlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Xususan, qaror bilan:

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

hududiy bo‘linmalar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari;

tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari grant asosida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishi belgilandi.