Korxona va taşkilotlar xodimlarida mulk va yer soliği böyiça 563 mlrd sömdan ortiq qarzdorlik mavjud. Bu haqda Davlat soliq qömitasining «Fiskal tahlillar» kanali ma’lumot berdi.

Qayd qilinişiça, 2023 yil 17 oktyabr holatiga 181,7 mingta taşkilotning 817,7 ming nafardan ziyod xodimida 960,4 mingta soliq obekti böyiça 563,1 mlrd söm (mulk soliği böyiça 209,1 mlrd söm va yer soliği böyiça 354 mlrd söm) tölanmagan soliq qarzdorligi mavjud.

Şundan 133,2 mlrd söm budjet taşkilotlari xodimlari, 24,8 mlrd söm nodavlat-notijorat taşkilotlari xodimlari, 405,1 mlrd söm tijorat taşkilotlari xodimlari hisobiga töğri keladi.

Xodimlarida soliq qarzi eng köp bölgan taşkilotlar:

- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ - 3,4 mlrd söm;

- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ - 3 mlrd söm;

- «Hududgazta’minot» AJ - 2,8 mlrd söm.

Ta’kidlanişiça, jismoniy şaxslar tomonidan mulk va yer soliği 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng uluşlarda tölanişi lozim.