Jahon | 10:34 / 22.10.2023
29663
6 daqiqa o‘qiladi

Iordan daryosi G‘arbiy sohilida va G‘azo sektorida nimalar bo‘lmoqda - fotosuratlar

Isroilning HAMASga qarshi urushi 16 kundirki davom etmoqda. 19 oktyabr kuni Isroil mudofaa armiyasi Iordan daryosining G‘arbiy sohiliga zarba berdi. Isroil harbiylari bu safargi eskalatsiya vaqtida G‘arbiy sohil bo‘ylab zarbalar berish uchun aviatsiya qo‘llamayotgandi. Shu kuni bu yerda falastinliklar va terrorchilikda gumonlanuvchilarni aniqlash maqsadida reyd boshlagan Isroil xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi. Falastin ma’muriyati tasdiqlashicha, to‘qnashuv oqibatida olti nafar falastinlik halok bo‘lgan, isroillik harbiylarning yo‘qotishlari haqida ma’lumot yo‘q. Isroil 80 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingani, ular orasida HAMASning 63 nafar a’zosi borligi aytilgan. 

Iordan daryosining G‘arbiy sohili

Iordan daryosi g‘arbiy sohilidagi Xevron shahrida yopiq turgan do‘konlar, 18 oktyabr. Shu kuni G‘azodagi shifoxonaga zarba berilganiga qarshi ish tashlash bo‘lib o‘tgandi, bu zarba uchun HAMAS Isroilni ayblagan, Isroil tomoni buni rad etib, shifoxona hovlisiga «Islom jihodi» guruhining havoda portlab ketgan raketasi parchalari tushganini bildirgan.
Mamoun Wazwaz / apaimages / Scanpix / LETA
Rossiya va Falastin bayroqlarini ko‘targan kishilar Iordan daryosi G‘arbiy sohilidagi Xevron shahri ko‘chalarida. Ular G‘azo sektoridagi falastinliklar bilan birdamlik aksiyasini o‘tkazishdi.
Raneen Sawafta / Reuters / Scanpix / LETA
Tulkarm shahridagi Nur-Shams qochqinlar lageri ustidagi tutun. 19 oktyabr kuni Isroil kuchlari lagerga kirganidan keyin harbiylar va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangan
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Nur-Shams qochqinlar lageridagi Isroil harbiy mashinalari, 19 oktyabr
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Nur-Shams qochqinlar lagerida reyd uyushtirgan isroillik harbiylar
Majdi Mohammed / AP / Scanpix / LETA
Lager aholisi Nur-Shamsdagi to‘qnashuv vaqtida halok bo‘lgan falastinlik jasadini olib ketmoqda
Raneen Sawafta / Reuters / Scanpix / LETA
20 oktyabr kuni Iordan daryosi G‘arbiy sohili markazi Ramallohga kirish joyida Isroil kuchlari bilan to‘qnashuvlar chohida tosh ko‘targan falastinlik ayol
Alaa Badarneh / EPA / Scanpix / LETA
Ramallohda falastinliklarning Isroil maxsus xizmatlari bilan to‘qnashuvi, 20 oktyabr
Ammar Awad / Reuters / Scanpix / LETA
Ramalloh shahriga kirish hududidagi vaziyatni uzoqdan kuzatayotgan isroillik askarlar
Alaa Badarneh / EPA / Scanpix / LETA

G‘azo sektori

 

G‘azo bilan chegara yaqinida to‘plangan Isroil harbiy kuchlari, 20 oktyabr. Isroil mudofaa vazirligi G‘azo sektoridagi quruqlik amaliyoti «tez orada» boshlanishini ma’lum qilgan
Hannibal Hanschke / EPA / Scanpix / LETA

 

G‘azo sektori bilan chegara yaqinida to‘plangan Isroil askarlari. 19 oktyabr
Abir Sultan / EPA / Scanpix / LETA
G‘azo sektori yaqinidagi aholi yashash manzili hududida patrullik qilayotgan isroillik askarlar
Ohad Zwigenberg / AP / Scanpix / LETA
19 oktyabr kuni G‘azo sektoridan Isroil tomonga uchirilgan raketalar isroilliklarning aviazarbalaridan vayron bo‘lgan binolar ustidan uchib o‘tmoqda
Mohammed Dahman / AP / Scanpix / LETA
G‘azo sektori hududida Avliyo Porfiriy yunon pravoslav cherkovi. Iyerusalim patriarxati tasdiqlashicha, cherkov Isroilning 20 oktyabrga o‘tar kechasi yo‘llagan aviazarbasi oqibatida vayron bo‘lgan. Patriarxat bayonotida aytilishicha, «cherkov hududida isroilliklarning turar joylar bo‘ylab yo‘llagan aviazarbalari tufayli boshpanalarini yo‘qotgan begunoh odamlar yashiringandi», bu —  «inkor qilib bo‘lmaydigan harbiy jinoyat». TsAHAL samolyotlar HAMAS qo‘mondonlik punktiga zarba yo‘llagani, natijada «yaqin atrofda joylashgan cherkov devori shikastlangani»ni ma’lum qilgan va hodisa tekshirilishini qayd etgan.
Ali Jadallah / Anadolu / ddp / Vida Press
G‘azo sektoridagi yunon pravoslav cherkovi yaqinidagi vayrongarchilik
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Yarador kishi yunon pravoslav cherkovidagi shikastlanishni ko‘zdan kechirmoqda. 2023 yil 20 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Falastinlik ayol G‘azodagi Avliyo Porfiriy cherkoviga zarba vaqtida halok bo‘lgan qarindoshi jasadi ustida
Abed Khaled / AP / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi Xon-Yunis o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan BMT xodimlari
Abed Zagout / Anadolu / ddp / Vida Press
G‘azo sektori janubiy qismidagi Xon-Yunis shahrida palatkali lagerda yashayotgan falastinliklar, o‘tgan haftada Isroil sektor shimolidagi aholidan aynan shu joyga evakuatsiya bo‘lishni so‘ragandi. Isroil avvaliga evakuatsiya uchun 24 soat bergandi. Huquq faollari va gumanitar tashkilotlar bunday qisqa muddatda bir milliondan ortiq kishini ko‘chirib bo‘lmasligini bildirishgandi — jumladan, Isroil armiyasining hujumlari to‘xtamayotgani va G‘azo sektori blokadasi davom etayotgani tufayli.
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid