Jahon | 10:44 / 23.10.2023
8674
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyadagi saylovlarda o‘ng konservatorlar g‘alaba qozondi

Parlamentning har ikki palatasi deputatlari saylovlarida shveysariyaliklarning aksariyati o‘ng konservativ Shveytsariya xalq partiyasini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: SCANPIX

Milliy kengash deputatlari, shuningdek, Shveytsariyadagi kantonlar kengashining 46 a’zosidan 45 nafari saylovlarida o‘ng konservativ Shveytsariya xalq partiyasi 29 foiz ovoz to‘plagan holda g‘alaba qozondi, deya xabar bermoqda AFP 22 oktyabr, yakshanba kuni GFS Bern jamoatchilik fikrini o‘rganish institutining dastlabki ma’lumotlariga tayanib.

Saylov natijalariga ko‘ra, Shveytsariya xalq partiyasi 2019 yilga qaraganda 3 foizga ko‘p ovoz to‘plagan, deya qayd etadi AFP. O‘ng konservatorlar 17 foiz ovoz bilan Sotsial-demokratik partiyadan sezilarli o‘zib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Markaz partiyasi va o‘ng markazchi Erkin demokratik partiyaning har biri 15 foizdan ovoz to‘plagan. Yashillar partiyasi 2019 yildagi so‘nggi saylovlarda kuzatilgan muvaffaqiyatini takrorlay olmadi va to‘rt foiz punktini yo‘qotib, to‘qqiz foiz ovoz bilan beshinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi AFP. 

Saylov uchastkalari 12:00 (Toshkent vaqti bilan 15:00) da yopildi. Biroq, Shveytsariyada saylov ishtirokchilarining 90 foizdan ortig‘i odatda pochta orqali oldindan ovoz beradi. 

Shveytsariya xalq partiyasi saylov kampaniyasida e’tiborni migratsiyani cheklashga qaratdi 

G‘olib Shveytsariya xalq partiyasi saylov kampaniyasida asosiy e’tiborni migratsiyani cheklash masalasiga qaratdi, deb ta’kidlaydi AFP. Boshqa partiya shiorlarida «bekor qilish madaniyati» va partiya rahbariyati «gender terrori» deb atagan narsalarga qarshi urush haqida so‘z borgan.

Bundan tashqari, Shveytsariya xalq partiyasi Yevropa Ittifoqi bilan haddan tashqari yaqinlashishga qarshi chiqdi, Shveytsariya harbiy betarafligini qattiq himoya qildi va Bern Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqining Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini qo‘llab, bu tamoyildan juda uzoqqa ketganini aytdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid