O‘zbekistonda yangi tahrirdagi “Advokatning kasb etikasi qoidalari” loyihasi advokatlar va jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.

Loyihani Advokatlar palatasi ishlab chiqqan bo‘lib, uni ijtimoiy tarmoqlarda huquqshunos Saidali Muxtoraliyev e’lon qildi. Hujjat palataning saytiga joylanmagan.

Taklif etilayotgan yangi qoidalarning 55-moddasida shunday deyiladi:

“Advokat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarini muhokama qilmaslik, ularga nisbatan axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmasligi lozim”.

Loyiha mualliflari buni quyidagicha izohlagan:

“Advokatlar bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda faol va bu faollik aksariyat hollarda hokimiyat vakillarining qonuniy xatti-harakatlarini tanqidiy muhokama qilish, fuqarolarda davlatga va amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan ishonchsizlik holatini keltirib chiqarish ham uchramoqda. Mazkur vaziyatlar keskinlashib, xalqning noqonuniy mitinglar uyushtirishi, aholi tinchligi buzilishiga ham sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan, ularning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xulq-atvor qoidalarini belgilab berish maqsadga muvofiq”.

Palata bunday amaliyot Belorus va Fransiya tajribasida ham borligini aytgan.

Huquqshunos Saidali Muxtoraliyevga ko‘ra, taklif etilayotgan yangi qoidalar tasdiqlansa, “qo‘pol qilib aytganda, advokatura o‘ladi”.

“Sababi, bu yangi loyihaga kiritilayotgan ba’zi mantiqsiz talablarni advokat o‘z kasbiy faoliyatini vijdonan bajarish vaqtida buzishga majbur bo‘ladi. Masalan, loyihaning 55-bandiga kiritilayotgan qoidani olaylik. Advokat o‘z mijozini nohaq qamagan adolatsiz sudning yoki qaysidir fuqaroning huquqini bir tiyin qilgan qonunbuzar amaldorning xatosini OAVda yoki ijtimoiy tarmoqda muhokama qilsa, tamom, u etika qoidasini buzgan bo‘ladi”,deydi yurist.

Advokatning islohotlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmasligi lozim, degan qoida ham Konstitutsiyadagi so‘z erkinligiga doir