Isroil Ta’lim vazirligi iqlim faoli Greta Tunberg haqidagi har qanday eslatmani mamlakat öquv dasturidan olib taşlamoqçi. Isroilning The Jerusalem Post gazetasi 22 oktyabr kuni tuşuntirişiça, bunga qizning 20 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoğida falastinliklar va Ğazo sektorini qöllab-quvvatlaş maqsadida çop etgan posti sabab bölgan.
«Bunday pozitsiya uni ta’lim va axloqiy jihatdan namuna böliş huquqidan mahrum qiladi hamda u endi isroillik talabalarni ilhomlantira olmaydi va ularning ta’limiga xizmat qila olmaydi», — deya Ta’lim vazirligi bayonotida keltirilgan.
Tunberg postiga hamroh bölgan suratda u va uning uç nafar tarafdori: «Biz Ğazoni qöllab-quvvatlaymiz», «Bu yahudiy ayol Falastinni qöllab-quvvatlamoqda» va boşqa sözlar yozilgan plakatlarni uşlab turgan. «Dunyo öz ovozini baland kötarib, zudlik bilan öt oçişni töxtatişga, falastinliklar va jabrlangan barça tinç aholi uçun adolat va erkinlikka çaqirişi kerak», deyiladi ekofaol bayonotida.
Tunbergning Falastinni qöllab-quvvatlaş haqidagi postiga munosabat turliça köriniş oldi. Ammo, uşbu post internetda kuçli reaksiyaga sabab böldi. 23 oktyabrga kelib uning ostida 218 mingga yaqin «layk» töplangan.
The Jerusalem Post xabariga köra, yuzga yaqin isroillik atrof-muhit faollari Tunbergga oçiq xat yozib, uning sözlarini qoralagan va «HAMASga yana bir bor nazar taşlaşga» çaqirgan.
21 oktyabr kuni Tunbergning özi X ijtimoiy tarmoğidagi postida uning avvalgi xabarini, «HAMAS hujumlarini qoralaşini» anglagan holda töğri tuşuniş kerakligini ta’kidladi.


















