“Maldiv yerlarida xorijlik harbiylarning qadam bosişini istamaymiz... Men Maldiv xalqiga şunday deb va’da berganman va öz va’damni birinçi kundanoq bajaraman”, – dedi saylangan prezident BBCga bergan intervyusida.

Muizzu noyabr oyi oxirida prezidentlik lavozimiga kirişadi. Uning sözlariga köra, u saylovda ğolib çiqqanidan keyin bir neça kun ötib hind elçisi bilan uçraşgan va unga “Hindiston harbiylarining mutlaq hammasi olib ketilişi kerakligini aniq qilib aytgan”.

Maldiv – uzoq vaqtdan buyon Hindistonning ta’sir doirasidagi davlat. Mamlakatning yangi rahbari qöyayotgan talab katta ehtimol bilan Male va Dehli örtasida diplomatik taranglikka sabab böladi.

Muhammad Muizzuning saylovda ğolib çiqişi Hindiston uçun muvaffaqiyatsizlik deb körilmoqda. Uning raqibi – amaldagi prezident Muhammad Solih 2018 yilda bu lavozimni egallaganidan buyon mamlakatni Hindistonga yaqinlaştirgan edi.

Muizzuni qöllab-quvvatlayotgan partiyalar koalitsiyasi Solihning “birinçi örinda Hindiston” qabilidagi siyosatini Maldivning suvereniteti va xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi. Solihning özi bu ayblovlarni börttirilgan deb atagan.

Yangi prezidentning tarafdorlari Xitoy bilan yaqinlaşişni qöllab-quvvatlaydi. Pekin Maldiv orollariga infratuzilma va taraqqiyot loyihalari uçun qarzlar va grantlar şaklida yuzlab million dollar investitsiya kiritgan. Muhammad Muizzu xitoyparast ekani haqidagi tanqidlarga javoban, Maldiv orollarining manfaatlari va mustaqilligini birinçi öringa qöyişini aytgan. “Men heç bir davlatga xayrixoh yoki qarşi emasman”, degan u.

Ayni paytda Hindiston tomonidan Maldivga yotqizilgan sarmoyalar hajmi ham 2 mlrd dollardan oşadi. Dehli Hind okeanining muhim qismini monitoring qiliş imkonini beruvçi strategik joylaşuvga ega orollarda öz ta’sirini saqlab qolişdan manfaatdor. Agar qöşinlarini olib çiqib ketişga majbur bölsa, bu Hindiston taşqi siyosati uçun muvaffaqiyatsizlik böladi.