O‘zbekiston | 10:12 / 24.10.2023
3870
2 daqiqa o‘qiladi

Professional ta’limda rahbar xodimlar malakasini oshirish jarayoniga yangi tizim joriy etiladi

Professional ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga kredit-modul tizimi joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida professional ta’lim tizimida malaka oshirish va qayta tayyorlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

professional ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimiga kredit-modul tizimi joriy etiladi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturi tuzilmasi uning har bir ta’lim elementiga mos keladigan ta’lim olish natijalarini ko‘rsatgan holda, tinglovchilar har bir malaka oshirish davriyligida mos kelishini hisobga olib ishlab chiqiladi;

tinglovchilar malaka oshirish shakllari bo‘yicha belgilangan kredit ballarini to‘plashi lozim bo‘ladi;

mustaqil malaka oshirishda tinglovchilar belgilangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha to‘plagan kreditlar miqdori yuqori bo‘lganda ro‘yxatga olinadi, kam to‘plagan tinglovchilar bevosita ta’lim muassasasida malaka oshirish shaklida ro‘yxatga olinadi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirishda 1 kredit 6 soatlik o‘quv yuklamasiga teng bo‘ladi. Bunda tinglovchi kasbiy faoliyat natijasi yoki muayyan moduldan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur bo‘ladi.

Malaka oshirish kurslarining davriyligi 3 yilda kamida bir marta bo‘lib, 24 kredit (144 soat), qayta tayyorlov kurslari tinglovchilari 96 kredit (576 soat) to‘plashi zarur etib belgilanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid