2023 yil 1 noyabrdan boşlab, faqat «Umra litsenziyasi»ga ega turistik taşkilot Umra tadbirlarini taşkil etişi mumkin. Bu haqda Din işlari böyiça qömita xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 1 noyabrdan söng Umra faoliyatini reklama qiladigan har qanday turistik taşkilotning litsenziyasi mavjudligini suriştirib oliş muhim. Din işlari böyiça qömita noqonuniy «turfirma» yoki «turagent»lardan ehtiyot bölişga çaqirmoqda.
Qayd qilinişiça, bunday talablar Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 8 avgustdagi «Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişda ziyoratçilarning manfaatlarini samarali himoya qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida belgilangan.
Unga köra, Umra xizmatlarini körsatiş faoliyati böyiça quyidagi qöşimça litsenziya talablari va şartlari joriy etilmoqda:
- 100 ming AQŞ dollaridan kam bölmagan mablağlarni Turizm qömitasining Xavfsiz turizm jamğarmasiga zaxira qilib qöyiş;
- Umra xizmatlari davomida ziyoratçilarning guruh rahbari etib Özbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan şartnoma asosida uning diniy bilim va könikmalarga ega bölgan mutaxassislarini tayinlaş;
- Umra xizmatlarini körsatuvçi turoperator ştatida diniy (islomiy) ta’lim yönalişlari böyiça respublika ta’lim muassasasi yoki Özbekiston xalqaro islom akademiyasining tegişli bakalavriat ta’lim yönalişi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvçisi bölgan kamida bir nafar mutaxassisning bölişini ta’minlaş.
Qarorga köra, Umra xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga körsatiş taqiqlanadi. Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podşohligidagi hamkor taşkilot örtasida imzolanadigan şartnomaga muvofiq amalga oşiriladi.

















