Sönggi yillarda mamlakat ekologiyasini yaxşilaş, şahar va tumanlarni yaşillaştiriş, mavjud yaşil makonlarni saqlab qoliş, daraxtlar ekiş orqali yaşillikni köpaytiriş haqida köp gapirilyapti. Bu gaplarga monand “Yaşil makon” loyihasi doirasida millionlab köçatlar öqazilyapti. Biroq bu boradagi işlarda ulkan kamçiliklar va yolğonlar ham yöq emas, bu yuqori minbarlardan ham oçiq aytilib, tanqid qilinmoqda. Ötqazilmagan yoki qurib qolgan köçatlar, özani quriyotgan va sayozlaşayotgan daryolar, sanoat korxonalari tufayli zarar körayotgan yer-u suv, betiyiq va betartib qurilişlar sabab çang-u zaharga botayotgan şaharlar...
Daraxtlar ekiş, yaşil kamar yaratiş, yangi xiyobonlar quriş rejalari yaxşi, biroq bungaça borini asrab qoliş kerakmi? Kerak! Yo avval borining örniga binolar qurib, keyin çekkaroq, uzoqroq joydan xiyobon qurişmi rejada? Aftidan şunga qarab ketyapti, axir mavjud xiyobon va parklar bir neça önyillar avval şaharning eng markaz, sölim va gavjum joylarida barpo qilingan-da. Bunday joylarning har bir qariçi tilloga teng. Oxirgi yillarda köplab yaşil hududlar xususiy qöllarga ötib ketganiga guvoh böldik.
2 yil avval poytaxtning eski şahar qismidagi, markaziy hududlardan birida joylaşgan Abdulla Qodiriy nomidagi boğ haqida lavha tayyorlagan edik. Boğ taşlandiq holga keltirilgani va bu yerda ekologik inqiroz yuzaga kelgani haqida ketma-ket körsatuvlar çiqdi. Boğning investorlarga tortiq qilingan qismlarida baland binolar qad rostlagan. Yaqin atrofdagi aholi toza havodan nafas olib, madaniy hordiq çiqarişi uçun esa joy yöq.
Aynan şu boğni rekonstruksiya qilib, xalq ixtiyoriga qaytarişni va’da berişganiga ham 1 yildan oşdi. Biz kuni keça yana şu manzilga bordik. Lekin afsuski, bu safar avvalgidan ham yomonroq ahvolga duç keldik. Aftidan, mutasaddilar “bu jurnalistlar bir ayyuhannos solib, keyin jim bölib ketişadi”, qabilida fikrlaşgan, şekilli.















