Xitoy milliy neft korporatsiyasi (CNPC) «Markaziy Osiyo-Xitoy» gaz quvuri qurilishini jadallashtirishni rejalashtirmoqda.
Quvur Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali o‘tadi va tarmoqning D yo‘nalishiga aylanadi. Hozirgi vaqtda «Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvurining A, B, va C yo‘nalishi faoliyat yuritmoqda. D quvurining quvvati yiliga 30 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Qayd qilinishicha, yangi tarmoqning o‘tkazuvchanligi A, B, va C yo‘nalishlaridan 50 foiz ortiq bo‘ladi.
A, B, va C liniyalari Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududidan o‘tadi, loyihaviy gaz yetkazish quvvati yiliga 55 milliard kub metrni tashkil etadi. D liniyasi ishga tushirilgach, Turkmanistonning Xitoyga gaz yetkazib berish imkoniyati yiliga 35 milliarddan 65 milliard kub metrgacha oshadi.
















