O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburgda Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna bilan uchrashdi.

«Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Tsaxkna janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida Estoniyaning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonga olib kirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, readmissiya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim ham imzolandi.

Readmissiya (inglizcha to readmit — qaytarib olish) — davlatning boshqa davlatdan chiqarib yuborilishi lozim bo‘lgan o‘z fuqarolarini (shuningdek, ba’zi hollarda ilgari shu davlatda bo‘lgan yoki istiqomat qilgan xorijliklarni) qabul qilishga roziligi.