Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligidagi yangi chechen batalyoniga Ruslan Geremeyev qo‘mondonlik qiladi
Checheniston Ichki ishlar vazirligi xodimi Ruslan Geremeyev Boris Nemsovning o‘ldirilishiga aloqador deb ko‘riladi. Siyosatchiga hujum qilingan paytda uning mashinasi Moskvoretskaya ko‘prigida bo‘lgan.
Checheniston Ichki ishlar vazirligi xodimi Ruslan Geremeyev Rossiya Mudofaa vazirligining yangi chechen batalyoniga qo‘mondon etib tayinlandi, deya xabar bermoqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’da 24 oktyabr, seshanba kuni kechqurun. 2016 yilda o‘ldirilgan muxolifatchi siyosatchi qarindoshlarining advokati Vadim Proxorov intervyuda Geremeyevni Nemsovga suiqasdning haqiqiy tashkilotchisi deb bilishini aytgan.
Shayx Mansur bataloni
Qodirovning 2023 yil 25 oktyabrda Telegram’dagi postida aytilishicha, Rossiya Mudofaa vazirligining Chechenistonda tuzilayotgan yangi bataloni «chechen xalqining atoqli vakili» Shayx Mansur nomini oladi. Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Geremeyev bilan birgalikda u Gudermesda «batalyon xodimlarini joylashtirish uchun harbiy obektni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayotgan» qurilish maydonchasiga tashrif buyurgan va ushbu hududni ko‘zdan kechirgan.
Shu bilan birga, Chechenistondan Davlat dumasi deputati Adam Delimxonov, advokat Vadim Proxorovga ko‘ra, Ruslan Geremeyevning yaqin qarindoshi bo‘lib, uni lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan. Geremeyev «o‘zini Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad-Hoji Qodirov jamoasining munosib vakili sifatida ko‘rsatdi, u har qanday topshiriqni mardona va yuqori darajada bajaradi», deb yozadi Delimxonov Telegram’da.
Boris Nemsovning o‘ldirilishi
Boris Nemsov 2015 yilning fevralida Bolshaya Moskvoretskaya ko‘prigida o‘ldirilgan. Tergov davomida siyosatchining o‘ldirilishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan bir necha chechenistonlik qo‘lga olindi, deb eslaydi «Novaya gazeta». Nashrning qayd etishicha, qotillik vaqtida Ruslan Geremeyevning mashinasi ko‘prikda ko‘ringan. Tergovchilar uni so‘roq qilmoqchi bo‘lgan, lekin buni amalga oshira olmadi, chunki ular unga yashash joyida chaqiruv qog‘ozi topshira olmagan va Geremeyev sudga kelmagan.
Geremeyevning sobiq haydovchisi Ruslan Muxudinov jinoyatning rasmiy tashkilotchisi sifatida tan olingan.
Mavzuga oid
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
14:47 / 12.01.2026