Ukraina bilan uruşda qöllangan Rossiyaning boşqariladigan raketalari içida eng xavflisi bölgan «Kinjal»ni işlab çiqaruvçi korxonalar pudratçilari şu paytgaça Yevropa sanksiyalarini çetlab ötdi, bu esa ularga heç narsa bölmagandek, öz işlari uçun zarur bölgan tovarlarni töğridan töğri YeIning turli davlatlaridan olib kiriş imkonini beradi. Bu haqda 25 oktyabr, çorşanba kuni çop etilgan The Insider suriştiruvida aytiladi.
Jurnalistlarning fikriga köra, «Kinjal» «Rostex» davlat korporatsiyasi tarkibiga kiruvçi Moskva yaqinidagi Kolomna şahrida «Konstruktorskoye byuro maşinostroyeniya» korporatsiyasi tomonidan işlab çiqariladi. Xuddi şu korxonada «Iskander» ham işlab çiqariladi. Germaniya kompaniyalaridan taşqari, butlovçi qismlar va jihozlar Polşa, Litva, Latviya, Belgiya, Buyuk Britaniya va AQŞ kompaniyalari tomonidan yetkazib beriladi, deyiladi suriştiruvda.
«Konstruktorskoye byuro maşinostroyeniya» pudratçilari
Raketalarni işlab çiqariş uçun stanoklar Germaniyaning KEB kompaniyasi hamkori - «KEB-Rus» tomonidan yetkazib beriladi, masalan, Germaniyadan kabellar import qilinadi. Elektron komponentlarni himoya qiliş uçun ğaltak va lentalar ham Rossiyaga yetkazib beriladi, ular Advantek GmbH tomonidan yuboriladi. Bundan taşqari, raketalar işlab çiqaruvçisi Xitoydan oladigan Amerika çiplaridan foydalanadi. Ular 2021 yilda yaratilgan Moskvaning «YeTS Elektroniks» kompaniyasi tomonidan import qilinadi, u ham sanksiyalar ostida emas.
«Konstruktorskoye byuro maşinostroyeniya»ga Sergey Pitikov rahbarlik qiladi. Uning qizi va nabiralari, The Insider naşrining yozişiça, NATOga kirişga hozirlanayotgan Şvetsiyada yaşaydi. Byuro rahbarining qizi Mayya Pitikova jurnalistlarga «Putin rejimi jinoiy, qonli, ma’nosiz uruş olib borayotganini» aytdi, ammo otasi haqida gapirişdan boş tortdi.

















