Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Yoshlar huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasi qabul qilindi
Toshkentda «Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya qilish mexanizmlari» mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Foto: Dunyo AA
Xalqaro konferensiyaning yopilish marosimida yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va milliy tajriba va yondashuvlar muhokama qilindi. Yoshlar huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha amaldagi xalqaro va mintaqaviy hujjatlar va mexanizmlarni qo‘llash ko‘lami tahlil etildi.
Forum ishtirokchilari tomonidan yoshlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va imkoniyatlari samaradorligini oshirish yo‘llari taklif etildi. Yoshlar o‘z huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishida duch keladigan asosiy muammolar yoritildi.
Barcha davlatlar siyosatiga yoshlar huquqlarini integratsiya qilishning huquqiy, ma’muriy va siyosiy asoslarni takomillashtirish yo‘llari va vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha aniq tavsiyalar ilgari surildi.
Shu asosda xalqaro forumning yakuniy hujjati – Yoshlar huquqlari bo‘yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasi loyihasi ishlab chiqildi va muhokama qilindi.
Ishtirokchilar hujjat istiqbolda yoshlar huquqlari sohasidagi yangi sa’y-harakatlar va ilg‘or tashabbuslar uchun zamin vazifasini o‘tashiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
18:07 / 07.03.2026
Andijonlik qiz kelinlik uyiga 800 ta kitobdan iborat sep bilan bordi
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
13:25 / 24.02.2026
«Yangi avlod tadbirkorlari» dasturida 40 ming yoshlar biznesga o‘qitiladi
10:34 / 06.02.2026