Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona uchun elektr energiyasi alohida shartlarga ko‘ra yetkaziladi
Elektr energiyasi maxsus tartibga ko‘ra yetkazib beriladigan iste’molchi korxonalar ro‘yxatiga bojxona organlari kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Tashqi savdo aylanmasi hajmlari ortib borayotgani, transchegaraviy elektron savdoning rivojlanishi, shuningdek bojxona sohasini to‘liq raqamlashtirishga erishish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar sharoitlarida xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va korrupsiyaga qarshi omillarni joriy etish lozim.
Prezidentning «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq hujjat bilan amaldagi NHHga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- elektr energiyasi maxsus tartibga ko‘ra yetkazib beriladigan iste’molchi korxonalar ro‘yxatiga bojxona organlarini kiritish;
- invoys asosida eksport qilishda oldindan to‘lovni 100 foizdan 50 foizga tushirish;
- bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni yetarli darajada qayta ishlash mezoni asosida hosil qilingan qayta ishlash mahsulotini bojxona hududidan eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib chiqish;
- tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda shartnoma bo‘yicha xorijiy hamkor mamlakat o‘zgarishi bilan bog‘liq qo‘shimchalarni bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etish talabini maqbullashtirish;
- tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida tashqi savdo shartnomalari ma’lumotlariga qo‘shimcha kelishuvlarsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyatini yaratish.
Mavzuga oid
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
10:03 / 01.05.2026
Elektrdagi yo‘qotishlari yuqori bo‘lgan 44 ta hududning elektr korxonasi rahbari ishdan olindi
09:13 / 25.04.2026
Toshkentda elektr korxonasi muhandislari 8 ming dollar bilan ushlandi
17:58 / 17.03.2026