Yerevan yaqin oylarda Boku bilan sulh imzolashga umid qilmoqda
Armaniston bosh vaziri Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 1991 yilgi deklaratsiya asosida chegaralarni tan olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. U yaqin oylarda tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkinligiga umid qilmoqda.

Foto: Reuters
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan yaqin oylarda Ozarboyjon bilan tinchlik shartnomasi imzolanishiga umid bildirdi. «Hozirda Ozarboyjon va men tinchlik hamda munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha kelishuv loyihasi ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, bu jarayon yaqin oylarda muvaffaqiyatli yakunlanadi», — dedi Pashinyan 26 oktyabr, payshanba kuni Tbilisida bo‘lib o‘tgan «Ipak yo‘li» xalqaro forumida.
Pashinyanning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Ozarboyjon 1991 yildagi Olmaota deklaratsiyasi asosida bir-birining hududiy yaxlitligini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvga erishgan, unga ko‘ra, Armanistonning maydoni 29,8 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi, Ozarboyjonning maydoni esa - 86 600 kvadrat kilometr. Tinchlik shartnomasi ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishini ham anglatadi.
Armaniston va Ozarboyjon Ozarbayjonning asosan etnik armanlar yashaydigan isyonchi mintaqasi bo‘lgan Qorabog‘ uchun o‘nlab yillar davomida nizolashib keladi. Sentyabr oyida Ozarboyjon armiyasi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi va Qorabog‘ni o‘z nazoratiga qaytardi.
O‘zaro munosabatlarni normallashtirish uchun «yo‘l xaritasi»
19 oktyabr kuni Pashinyan Yerevan va Boku Yevropa Ittifoqi vositachiligida o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng Armaniston va Ozarboyjon munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni kelishib olganini aytdi. Yaqinda Eron poytaxti Tehronda Turkiya, Eron, Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi Pashinyan va Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning Bryusselda sentabr oxirigacha e’lon qilingan uchrashuvi bo‘lib o‘tmasligini ma’lum qildi, chunki Aliyev bunga vaqt yo‘qligi bilan izohladi. Ushbu yig‘ilishda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel ham ishtirok etishi kerak edi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

23:07 / 05.07.2025
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

08:22 / 05.07.2025
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

20:05 / 04.07.2025