Xorazmda “4 kunlik” firma tenderda 1 mlrd so‘mlik loyihalarni qo‘lga kiritdi
16 oktyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Pitnak Sunrise” MChJ 20 oktyabr kuni Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan tenderga qo‘yilgan 5 ta lotning barchasini yutdi. Ushbu shubhali tender ortidan maktab direktoriga intizomiy chora qo‘llanilgan, tanlov natijalari esa bekor qilingan.
Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tomonidan 20 oktyabr kuni quyosh paneli o‘rnatish, interaktiv doska, printer, mebel jihozlari xarid qilish uchun tanlovlar o‘tkazilgan. Tenderga qo‘yilgan, jami summasi 1 mlrd so‘mdan ortiq 5 ta lotning barchasini “Pitnak Sunrise” MChJ qo‘lga kiritgan.
Maktab tomonidan tenderga chiqarilgan eng yuqori summali lot quyosh panellari o‘rnatish bilan bog‘liq. Boshlang‘ich summasi 700 mln so‘m bo‘lgan lotni “Pitnak Sunrise” MChJ yutgan va u bilan 680 mln so‘mga shartnoma tuzilishi ko‘zda tutilgan.
200 mln so‘mlik mebel jihozlari yetkazib berish lotini ham “Pitnak Sunrise” MChJ qo‘lga kiritgan. Shartnomasi summasi 185 mln 650 ming so‘m.
Shuningdek, “Pitnak Sunrise” MChJ maktab tomonidan 172,4 mln so‘m boshlang‘ich narx bilan tanlovga qo‘yilgan interaktiv doska, konditsioner va printer yetkazib berish lotini 170 mln so‘m narx taklifi bilan yutgan.
“Pitnak Sunrise” MChJ ushbu tenderlar o‘tkazilishidan 4 kun avval, 16 oktyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ustav fondi 850 mln so‘m bo‘lgan firmaga 100 foizlik ulush bilan Shavkat Boltayev egalik qiladi.
MChJning faoliyat turi yoritish uskunalari va boshqa maishiy jihozlar chakana savdosi.
Kun.uz holat yuzasidan izoh olish maqsadida Prezident va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matbuot kotibi Jo‘rabek Jangirov bilan bog‘landi.
Agentlik matbot kotibining ma’lum qilishicha, Tuproqqal’a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Pitnak Sunrise” MChJ bilan bog‘liq yuqoridagi tender natijalari bekor qilingan. Shuningdek, ushbu shubhali tender uchun ixtisoslashtirilgan maktab direktoriga intizomiy chora ko‘rilgan.
Jo‘rabek Jangirovning qo‘shimcha qilishicha, maktab tomonidan tenderga chiqarilgan mazkur lotlar “Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyiha hisoblanadi. Unga mablag‘ budjetdan ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 forvard
Sport | 15:30
-
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 14:56
-
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi
Jamiyat | 14:46
-
Osiyodagi eng chuqur g‘or joylashgan qishloq – Dehibolo | Manzil
O‘zbekiston | 14:38
Mavzuga oid

12:35 / 25.03.2025
Xorazmda Turkiya sarmoyasi ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi

10:52 / 15.03.2025
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025