08:02 / 30.10.2023
2190

O‘zbekiston kiberxavfsizlik yo‘nalishida Xitoy bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda

Xitoyning kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan yirik Meiya Pico kompaniyasi mutaxassiclari O‘zbekistonga taklif etildi.

Foto: Dunyo AA

Xitoyning kiberxavfsizlik sohasiga ixtisoslashgan yirik Meiya Pico kompaniyasi bosh direktorining xalqaro marketing bo‘yicha o‘rinbosari Li Yiyao hamda xalqaro bozorlar bo‘yicha direktori Chjyen Jiye bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Mamlakatning Guanchjou shahridagi Bosh konsulligidan ma’lum qilinishicha, uchrashuvda kompaniya faoliyati va mamlakat bilan kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Internetda kiberxavfsizlik, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish yo‘nalishlarida mazkur kompaniya bilan aniq kelishuvlarga erishish maqsadida Meiya Pico mutaxassiclari O‘zbekistonga taklif etildi.

Bugungi kunda huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat tashkilotlari uchun yechimlar va xizmatlarni taqdim etayotgan Meiya Pico Malayziya, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Kamboja, Tailand, Singapur va Fransiyadagi mijozlari bilan ishlab kelmoqda.

Top