Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti oldida balandligi 62 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi
Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelganlarni endi balandligi 62 metr bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i kutib oladi, uning atrofida 38 ta kichikroq bayroqlar o‘rnatilgan. Ular shaharda o‘tkazilayotgan tadbirlar va xorijiy delegatsiyalarning tashriflariga qarab o‘zgaradi.
Foto: gazeta.uz
Toshkent xalqaro aeroporti ro‘parasida, yo‘l o‘tkazgichdan chiqishdagi aylana markazida O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi.
Bayroq ustunining balandligi 62 metr, bayroq matosining o‘lchami esa - 12x24 metr.
Katta bayroq atrofida balandligi 16 metr bo‘lgan 38 ta bayroq ustunlari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda 2x4 metr o‘lchamdagi bayroqlar bo‘ladi. Ushbu bayroqlar shaharda o‘tkaziladigan milliy yoki xalqaro tadbirlarga, xorijiy delegatsiyalarning tashrifiga qarab o‘zgaradi.
Bundan tashqari, yo‘l o‘tkazgichdan aeroportga chiqishdagi aylana oldida to‘rtburchakli panel ko‘rinishida interaktiv favvora, o‘ng tomonida esa ulkan proyeksiya ekrani o‘rnatilgan.
Ayni paytda atrof obodonlashtirilmoqda, jumladan, aeroport oldidagi avtobus bekatini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026