Kun.uz 30 oktyabr kuni Farğona şahri Alişer Navoiy köçasidagi serqatnov piyodalar yölagi bir qança muddat oldin kabel yotqiziş uçun qazib taşlangani haqida videolavha e’lon qilgandi.
Unda elektr kabeli yotqizilmay taşlab ketilgani, buning ortidan çangga botgan yölak piyodalar va hududdagi köp qavatli uy aholisi uçun noqulay holatga kelib qolgani ta’kidlangandi. Holat yuzasidan «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ izoh berib, kabel yotqiziş işlari boşlanganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, ötgan kuz-qiş mavsumida Farğona şahridagi bir qança elektr uzatiş kabel tarmoqlarida favqulodda avariyali uzilişlar yuzaga kelgan. Avariyaviy holatlar iste’molçilarning elektr energiyasiga bölgan talabining ortişi natijasida sodir bölgani qayd etilgan.
Taşkilot şu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida Farğona şahri asosiy qismini elektr energiyasi bilan ta’minlovçi elektr uzatiş kabel tarmoqlarini keng kölamli yangilaş işlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
«Mazkur loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida hududga şahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlaridan taşqari qöşimça mutaxassislar ham jalb etilgan. Tez orada mazkur işlar öz yakuniga yetkazilişi belgilangan», — deyiladi rasmiy izohda.
Şuningdek, kabel tarmoğini tortiş vaqtida keltirilgan noqulayliklar uçun fuqarolardan uzr söralgan.
















