Alis Evans: Ayollarning iqtisodiy faolligini oşiruvçi omil – bu iqtisodiy ösiş
|02:08 / 01.11.202316 27510 min
Gender tenglikni ta’minlaş jamiyatning nafaqat madaniyatiga, balki iqtisodiyotiga ham boğliq, deydi professor Alis Evans. Uning sözlariga köra, iqtisodiy ösiş orqali iş örinlarining köpayişi ayollarning iqtisodiy faolligi ortişiga olib keladi, natijada ularning işlaşiga nisbatan jamiyatdagi salbiy munosabat ham özgaradi.
Alis Evans – Britaniyadagi Kings College universitetida xalqaro taraqqiyot masalalari böyiça katta ma’ruzaçi, Kanadadagi Xalqaro işlar va davlat boşqaruvi maktabi (Munk school)da professor sifatida faoliyat yuritadi. U bungaça Harvard universitetida ham dars bergan.
Olima 14 yildan beri dunyodagi gender tenglik masalalarini örganib keladi. Olib borayotgan tadqiqotlari asosida “Genderdagi katta tafovutlar” nomli kitob yozyapti.
Evans özbekistonlik iqtisodçi Behzod Hoşimovga bergan intervyusida gender tenglikni ta’minlaşda davlatlarning iqtisodiyoti qançalik rol öynaşini tuşuntirib berdi.
— Suhbatga rozi bölgangiz uçun rahmat. Keling, dastlab LinkedIn'ga qöygan biografiyangizdan boşlasak, u yerda siz şunday yozasiz:
“Bizning dunyomiz genderdagi katta farqlar sabab ajralib turadi. Janubiy Osiyo va Yaqin Şarqda aksariyat ayollar izolyatsiyada qolmoqda. Xitoylik xotin-qizlar esa işlaşadi, ammo siyosatdan uzilgan. Lotin Amerikasi esa radikal transformatsiyani boşidan keçirdi, buning natijasida mamlakat gender tenglikka, fuqarolarning siyosiy daxldorligiga hamda erkaklarning zöravonligiga qarşi ommaviy mitinglarga deyarli erişdi. Garçi Skandinaviya davlatlari hali ham feministik utopiyaga eng yaqin mamlakatlar qatorida bölsa ham, uzoq yillar davomida Yevropa Janubi-Şarqiy Osiyo va Janubiy Afrikaga nisbatan ança patriarxal qit’a bölgan”.
Siz bu haqda kitob yozayotganingizdan xabardorman. Dastlab bu mavzuni qanday topganingiz, hozirda Munk sçool'da va umuman akademik karerangizda nima bilan maşğul ekaningiz haqida aytib bera olasizmi?
— Katta rahmat. Sönggi 14 yil davomida men gender tengik masalalarini örganib kelyapman. Zambiyada etnografik iş qiliş bilan boşladim. Ayni vaqtda bemba tilida gaplaşa olaman. Turli jamiyatlarda yaşab, 100 yillik gender munosabatlarini örgandim. Keyin bu borada qişloq va şahardagi xatolarni soliştirib, qiyosiy iş olib bordim. Keyin Kambodjaga genderni örganiş uçun sayohat qildim.
Mavzuga oid
Şundan keyin, 2019 yilda men iqtisodiyot tarixini va Ğarb qanday qilib boy va demokratik bölgani haqidagi barça ajoyib kitoblarni öqiy boşladim. Odamlar ham nega ba’zi mamlakatlar boy va demokratik, boşqalari esa kambağal, avtoritar ekani böyiça savol berişadi. Öşanda men gender haqida xuddi şu global qiyosiy savolni berişimiz mumkinligini angladim.
Nima uçun ba’zi davlatlarda gender tenglik juda yuqori, ba’zilari esa, masalan, Eron, Afğoniston va Pokiston, ança patriarxalligiça qolmoqda? Nima sabab? Va bu biz javob berişimiz kerak bölgan katta hayajonli savol deb öyladim. Hozirgaça heç kim bu savolga javob topa olmagan. Hatto, bir mamlakatda tarixni gender masalalari bilan tuşuntiruvçi tadqiqotlarimiz ham yöq. Töğri, bu alqbovar qilmas iş, lekin uni bajariş kerak. Amalga oşirmoqçi bölgan rejam – sönggi 4 ming yil davomida dunyodagi har bir mamlakatning tarixini örganiş va vaqt ötişi bilan nima özgarganini, butun dunyoda qanday qilib gender tengligi kuçayib borayotganini va nima uçun ba’zilari bu masalada köproq muvaffaqiyatga erişganini tuşuntirişga urinişdir.
— Sizni biroz rasmiyroq taniştirişga ijozat bersangiz. Tuşunişimça, doktorlik işingizni iqtisodiy geografiya fanlari böyiça qilgansiz va hozirda Kings College'ning rivojlaniş tadqiqotlari böyiça katta lektorisiz. Demak, siz ham iqtisodiy rivojlaniş, ham gender muammolari böyiça dars berasiz, şundaymi?
— Men faqat siyosiy iqtisodiyot fanidan, XX asrda ösiş yoki yetarliça ösmaslik böyiça dars beraman.
— Siz Ğarb davlatlari qanday qilib boyib ketgani haqidagi örganişlardan ilhomlanib, xalqlar orasida nima sabab gender tafovutlar yuzaga kelganiga qiziqib qolgansiz. Davlatlarning boy ekani bu masalaga qançalik boğliq?
— Albatta, şubhasiz aloqador. Iqtisodiy ösiş orqali iş örinlarini yaratişga erişiş – gender tenglikni ta’minlaşning asosiy muhim omili sanaladi. Butun dunyo jamiyatlarida ayollarni uyga “qamab qöyiş” yoki uy bekalarini qadrlaş darajasi turliça, ular orasida farqlar bor. Masalan, Saudiya Arabistoni kabi jamiyatlarda bu köproq afzal körilsa, Tailand, Kambodjada buning aksi. Lekin iqtisodiy ösiş sabab iş örinlarini yaratiş barça jamiyatlarda ayollarning işçi kuçi sifatida mehnat bozoriga kirib kelişiga sabab böladi, ammo bu turliça darajada böladi. Men buni daromadlar, savdo-sotiq nuqtayi nazaridan tuşuntiraman.
Agar iqtisodiy ösiş orqali yaratiladigan iş örinlari yetarliça köp bölsa, şunga muvofiq ayollarning daromadi yetarliça yuqori bölsa, hatto erkak şa’nini qadrlaydigan, ularning or-nomusi ayollarning iffatiga boğliq bölgan konservativ jamiyatlarda ham bu narsa yöqotişlarni qoplay oladi.
Biz buni 1970 yillarda Şarqiy Osiyo, 1990 yillarda Xitoyda aniq kuzatganmiz. Bu davlatdagi oilalar öz ğururiga katta e’tibor berardi. Agar qiz bola haqida har xil gap-söz tarqalsa, undan yaxşilik çiqmaydi deb, qizlarni çetlatib qöyişar va bu öz navbatida uning oila quriş istiqboliga ham salbiy ta’sir körsatardi. Vaholanki, öşa vaqtda juda köplab fabrikalarda iş örni soni, işçilarga bölgan talab yuqori bölgan va şu sababli barça qizlar şaharlarga ketişgan. Buning ortidan esa ayollarning işga borişi odatiy holga aylandi. Ya’ni ayollarning daromad köra boşlaşi ğurur masalasini ikkinçi darajaga çiqardi.
— Bu örinda ğurur, hamiyat kabi tuşunçalarni örtaga qöyiş qançalik örinli? Menimça, oilada kimdir uy işlari bilan band bölişi tabiiy. Masalan, 80 yil oldin kimdir quduqdan suv olib kelişi, uni qaynatişi va hokazo işlarni qilişi kerak edi. Umuman olganda, uy xöjaligining normal faoliyatini ta’minlaş uçun juda köp mehnat talab etilardi va boşqa variantlar, masalan, fabrikada işlaş foyda keltirmas edi. Ya’ni işga bormasdan, uy işlari bilan şuğullaniş – insonlarning ratsional tanlovi bölgan. Şunday ekan, bu örinda ğurur haqida gapirişga qanday zarurat bor?
— Töğri, lekin hatto iqtisodiy rivojlanişini nazorat qila oladigan ba’zi mamlakatlarda ayollarning işçi kuçi sifatidagi iştiroki kutilgan darajadan ança past bölgan. Masalan, Janubiy Osiyo, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlarida ayollarning mehnat bozoridagi uluşi aynan iqtisodiy holati teng bölgan boşqa mamlakatlarga nisbatan juda past.
Xususan, Turkiya bilan Meksikani misol qiliş mumkin. Turkiya Meksikaga qaraganda bu borada ayollarni çetlatişni köproq afzal köradi, Meksikada esa ayollarning işlaş körsatkiçi ança tez sura’tlarda ösmoqda. Bu ikki mamlakatning ham aholi jon boşiga YaIM bir xil, ammo ular ayollarning işlaşi yoki bundan çetlatilişini afzal körişi bilan madaniy jihatdan farq qiladi.
Siz mutlaqo haqsiz, ya’ni agar ayollarda uy işlarida katta yuklama bölsa, peçlar, kir yuviş maşinalari, mikrotölqinli peçlar kabi mehnatni tejaydigan asboblar, kontratseptik vositalar bölmasa, ular köçaga çiqib işlay olmaydi. Bilasizmi, zamonaviy davr kelişidan oldin ayol umrining 60 foizi homiladorlikda yoki bolani emiziş bilan ötgan.
Ammo köplab jamiyatlar tuğiliş darajasini keskin kamaytirib, inson mehnatini tejaydigan vositalardan foydalaniş şaroitini yaratdi. Şunga qaramay, hali ham ayollari uyda qolayotgan mamlakatlar mavjud. Masalan, Hindistonda tuğruqlar soni kamaytirildi, lekin ayollarning iş bilan ta’minlanganlik darajasi atigi 20 foizni taşkil etadi.
— Nima deb öylaysiz, bu uyda qolişning muqobil xarajatlari kamroqligi bilan boğliq emasmi?
— Buning asosiy sabablaridan biri – ommaviy işsizlik. Janubi-Şarqiy Osiyoda, Meksikada, Afrikaning katta qismidagi bir xil iqtisodiy imkoniyatlarga ega mamlakatlarda bu borada mutlaqo boşqaça madaniy munosabatni köramiz.
— Iqtisodiyotda aynan şu yönalişdagi adabiyotlar borasida qanday fikrdasiz?
— Ester Boserup şudgor ğoyasini ilgari surgan birinçi iqtisodçi hisoblanadi. Uning teoriyasiga köra, yerni şudgor qiliş uçun kuçli erkak kerak, ya’ni bunda yuqori tana kuçi kerak böladi, erkaklar tanasining yuqori qismi odatda ayollarga nisbatan 2,5 baravar kuçli böladi. Şunday qilib, Ester Boserupning nazariyasi erkaklar şudgorlaşi mantiqiy ekani aytilib, ayollar uyda qolib, boşqa uy yumuşlari bilan band bölişi kerakligi ilgari surildi. Va bu nazariya ayollar “xonakilaştirilişi”ni normallaştirib, böysunuvçan bölişiga rağbat yaratadi. Ular buni empirik tarzda sinab körişgan va uning özaro korrelyatsiyasini körsatişgan. Buni birinçi bölib Ester Bosserup qilgan va bu boradagi ilk nazariyotçi u. Bu nazariyaning muammosi şundaki, ayol kişi uyda ötiribdi degani u izolyatsiyaga tuşib qolgan degani emas. Aynan izolyatsiyada böliş ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarga bölgan munosabatini belgilab beradi.
Misol uçun, jamiyat paydo bölişining dastlabki davrlarida erkaklar ovga çiqişardi, ular suvsar, tulen yoki kitlarni ovlaşardi, töğrimi? Ayollar esa uyda qolib, bolalariga qaraşar va hayvon terisidan kiyimlar tikişar edi. Mana şu oilaviy turmuş edi, madaniy hayotdan ajratiş emas. Ayollar musiqaçi bölişi, raqsga tuşişi mumkin edi, 1970-80-yillarga kelib, ularda işlaş imkoni yaratilgaç, ayollar buni darhol qarşi olişdi. Demak, jamiyatda ayollarning uy yumuşlari bilan şuğullanişi kerak degan ğoyasi bor ekan, bu ularni izolyatsiya qiliş kerakligini anglatmaydi.