“Yurak amri” xayriya jamoat fondining faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda fond asosçisi va yetakçisi Sardor Rahimxon ma’lum qildi.

Sardor Rahimxonning sözlariga köra, loyiha pandemiyaning dastlabki davrlarida qisqa muddatli xayriyalar uçun taşkil qilingan. Keyinroq, 2021 yil 12 iyulda bu xayriya loyihasi rasman fond sifatida taşkil qilinib, faoliyatini davom ettirgan.

“Insonlarga faqat oziq-ovqat bilan yordam beriş bilan iş bitmas ekan. Şundan söng insonlarga uylar beriş, davolatiş, öqitiş va boşqa-boşqa muammolariga [yeçim berişga] kirişdik. Biz yurtboşimizni kambağallikni qisqartiriş, ayollarni temir daftardan çiqariş siyosatlariga mos ravişda ularni yonlarida kamarbasta bölamiz, deya harakat qildik”, – deydi u.

Fond yetakçisining aytişiça, taşkilotçilarning özlari ham fond şunçalik katta loyiha bölib ketişi haqida öylamagan, bugungi natijalarga prezident tomonidan yaratilgan şaroitlar tufayli erişilgan.

“Tan olişimiz kerak, bizning jamoamiz bunday katta kölamga tayyor emas ekanmiz. Ayniqsa, minglab insonlarning ehsonlari haqida gap ketganda bizning ham jismoniy, ham ruhiy imkoniyatlarimiz yetişmasligini his qildik. Şu sabab katta xatolarning oldini oliş maqsadida, xalqimiz va yurtboşimiz oldida yuzimiz yoruğ bölsin, degan maqsadda vaqtinçalik faoliyatimizni töxtatişga qaror qildik. Ya’ni, yanada kuçga töliş, xatolarimizni isloh qiliş va rasmiy faoliyatga tayyorgarlik köriş maqsadida mana şunday qarorga keldik, azizlar”, – deydi Sardor Rahimxon.

Şuningdek, Sardor Rahimxon öz fikrlaridan boşqa ma’no yasamaslikni va “Yurak amri” uçun atalgan xayriyalarini boşqa fondlarga ötkazişlarini söragan.

Foto: "Yurak amri" fondi
Foto: "Yurak amri" fondi

Avvalroq, fond tomonidan Toşkent viloyati Böka tumanida ehtiyojmand oilalarga “Jannatdagi qasrlar” loyihasi doirasida haşar yöli bilan uy qurib berilayotgani xabar