“Öztemiryölyölovçi” AJ vokzal ma’lumotxonasi xodimining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, bunda “Şarq”, “Nasaf” tezyurar poyezdlari uçun çiptalar 30-35 foizga, “Afrosiyob”niki esa 60 foizga oşgan. “Noyabrdan boşlab kassalarda şu narxlar asosida çiptalar sotilişi aytilgan”,– deydi tahririyat muxbiri bilan gaplaşgan xodim.
Onlayn kassalarda ham summalar özgarganini köriş mumkin. Misol uçun, 2023 yil 19 iyun sanasida Toşkent Şimoliy vokzalidan Buxoro yönalişida harakatlanuvçi “Afrosiyob” poyezdining çipta narxi 173 ming söm bölgan bölsa, uning hozirgi qiymati 280 ming söm.

Tezyurar poyezdi bilan ham holat xuddi şunday. Toşkent Şimoliy vokzalidan Navoiyga boradigan “Şarq” yölovçi poyezdi uçun yöl haqi 132 ming 180 söm bölgan, ilgari uning narxi 92 ming söm edi.

Töldiriş: çipta narxlari özgargani böyiça yuqoridagi xabar berilgaç, "Özbekiston temir yöllari" yangi tariflarni e’lon qildi. Unga köra:
- mahalliy yönalişlardagi yölovçi poyezdlari çipta narxlarining tarif qismi 44% ga;
- yuqori tezlikda harakatlanuvçi "Afrosiyob" elektropoyezdlari çiptalari:
Toşkent — Buxoro — Toşkent
- VIP 530 000 söm
- Biznes 385 000 söm
- Ekonom 280 000 söm
Toşkent — Qarşi — Toşkent
- VIP 455 000 söm
- Biznes 325 000 söm
- Ekonom 235 000 söm
Toşkent — Samarqand — Toşkent
- VIP 330 000 söm
- Biznes 230 000 söm
- Ekonom 170 000 söm etib belgilandi.
Avvallroq “Özbekiston temir yöllari” AJ narxlar 20 oktyabrdan mos ravişda 50 va 100 foizga oşirilişini ma’lum qilgandi.

















