Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sotiladigan davlat mulki obektlari haqidagi axborot maxsus portalda joylashtiriladi
Portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining «Davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portali yaratilib, unda barcha davlat mulki obektlarini savdoga qo‘yish va ularning natijalari to‘g‘risidagi axborotlar joylashtirib boriladi. Ushbu tizim soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Portal faoliyati Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi, «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish» AJ portal faoliyatini tashkil qilish va yuritish bo‘yicha operator hisoblanadi.
Portaldan foydalanish bepul amalga oshiriladi. Bunda davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi axborotlarni portalga joylashtirmasdan, savdoga chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organlari va tashkilotlar portalga davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi axborotlarni (obektning umumiy tavsifi, qiymati, savdoni o‘tkazish mexanizmi, shartlari va boshqalar) savdo o‘tkazilishidan kamida o‘n kun oldin taqdim etadi. Shuningdek, yakuniy ma’lumotlar (g‘olib haqidagi ma’lumotlar, obektning realizatsiya qiymati va boshqalar) savdo natijalari e’lon qilingan kundan boshlab besh kun ichida joylashtirilishi kerak.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portalida e’lon qilinadigan axborotlar ro‘yxati;
- davlat mulki obektlari bilan savdolarni o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish portaliga axborot tizimlari integratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlar ro‘yxati.
Mavzuga oid
18:00 / 25.05.2026
Renovatsiya: mulkdor nima talab qila oladi, nima esa majburiy emas?
15:54 / 07.02.2025
Finlandiya rossiyaliklarga ko‘chmas mulk bilan bog‘liq kelishuvlarni taqiqlashga qaror qildi
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024