Ekspert baholaşlariga köra, farmatsevtika sektorida yaşirin aylanma nisbatan arzimas bölib, umumiy farmatsevtika mahsuloti aylanmasining 5-12% doirasida özgarib turadi.

Alkogol mahsuloti bozorlarida yaşirin aylanma etil spirti va kuçli spirtli içimliklar işlab çiqariş va sotiş segmentida keng tarqalgan. Ekspert baholaşlariga köra, bu segmentlarda yaşirin aylanma 15 dan 35%gaça diapazonda özgarib turadi. Bunda keyingi paytlarda yaşirin aylanma uluşining ösişi kuzatilmoqda.

Sigaretlar bozorida esa, aksinça, reprezentativ miqdoriy tadqiqotlar muntazam ötkaziladi, 2021 yildan boşlab noqonuniy sigaret aylanmasi uluşi uzluksiz va jadal ösib bormoqda. Agar 2020 yil sentabr oyida u umumiy bozor hajmining 4,3% ni taşkil qilgan bölsa, 2022 iyulda – 14,9%, 2023 yil iyul oyiga kelib esa, naq 24,8% ni taşkil qilgan. E’tiborlisi, yaşirin aylanma amalda mutlaqo kontrabandadan iboratdir.

 Özbekistonda qonuniy va noqonuniy sigaret savdosining nisbati, tabiiy sotuvlar hajmidan foizlarda, %da, 2013-2023 yillar.

Yaşirin aylanma tufayli yuzaga keladigan tahdidlar va yöqotişlar

Mazkur bozorlarda yaşirin aylanmaning mavjudligi va kengayişi iste’molçilar, iqtisodiyot va davlat uçun salmoqli tahdidlar va yöqotişlarga ega:

  • Sifatsiz, ayrim hollarda salomatlik va hayot uçun xavfli mahsulotlarni işlatişdan iste’molçilar salomatligiga va hayotiga tahdidlar. Birinçi navbatda bu farmatsevtik mahsulotlarga taalluqli, lekin alkogolli içimliklar va tamaki mahsulotlari ham bundan xoli emas.
  • Kontrabanda bozordan mahalliy işlab çiqaruvçilar mahsulotlarini siqib çiqaradi, bu tegişli va yondoş iqtisodiyot tarmoqlarida işlab çiqariş va bandlik darajasiga; mahalliy işlab çiqaruvçilar işlab çiqariş quvvatlari tölaqonli işlaşiga va mahsulot tannarxiga; noqonuniy import uluşi yuqori bölgan tarmoqlarning investitsion jozibadorligiga salbiy ta’sir körsatadi.
  • Kontrabanda va yaşirin aylanma – jinoyatlar, jumladan korrupsiya kuçayişining eng muhim sababi va omilidir, çunki köp hollarda ular jinoiy guruhlar tomonidan, davlat amaldorlarining yo homiyligida yoki indamay roziligi ostida amalga oşiriladi.
  • Davlat budjeti yaşirin aylanmadan yaqqol yöqotişlarga uçraydi. Ma’ruza mualliflari baholaşlariga köra, 2023 yilda birgina sigaret bozorida aksiz va QQS böyiça budjet yöqotişlari 1 trln söm – rejalaştirilgan budjetning 0,43% ni taşkil qildi. Kuçli spirtli içimliklarga belgilangan aksiz va QQS töliq olinmaganligidan bunday yöqotiş (yaşirin bozor hajmi yuzasidan eng konservativ baholaşlarga köra) – 550 mlrd söm yoki budjetga rejalaştirilgan tuşumning 0,24 foizi.