Qöşma Ştatlar Rossiya fuqarosi Yekaterina Jdanovaga sanksiyaga uçragan Rossiya elitasi nomidan harakat qilib, virtual valutadan foydalangan holda yuzlab million dollarlarni yuvişda öynagan roli uçun jazo çoralari joriy qilmoqda. Bu haqda 3 noyabr, juma kuni keçqurun AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Mettyu Miller bayonot berdi.
AQŞ rasmiylariga köra, Jdanova «pul yuviş yoki boylik manbalarini yaşirişga intilayotgan rossiyalik mijozlarga bir qator virtual, naqd pul, soliq va boşqa xizmatlarni taqdim etgan». Davlat departamenti press-relizida aytilişiça, u Qöşma Ştatlardagi tibbiyot muassasalariga kiberxavf tuğdiruvçi tölov dasturini işlab çiquvçilar bilan boğliq bölgan bir guruh şaxslarga yordam bergan.
Rossiyalik oligarxlarga pul yuvişda yordam beriş
Ayni paytda, AQŞ Moliya vazirligi öz veb-saytida 2022 yil mart oyida mahkamadagi Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi Ukrainada uruş boşlangani munosabati bilan Rossiya moliya tizimiga qarşi sanksiyalarni kiritganidan söng, Jdanova bir rossiyalik mijozga boyligining manbasini yaşirişga yordam berganini aniqladi. Soxta investitsiya hisobini oçiş va köçmas mulk bilan boğliq operatsiyalar orqali 2,3 million dollar Ğarbiy Yevropaga ötkazilgan, deyiladi hisobotda.
Boşqa holatda, ismi oşkor etilmagan rossiyalik oligarx Jdanovaga uning nomidan Birlaşgan Arab Amirliklariga 100 million dollardan ortiq mablağni ötkazişni sörab murojaat qilgan, deya xabar beradi AQŞ Moliya vazirligi. Jdanova rossiyalik mijozlarga BAAda soliq rezidentligini oliş böyiça xizmatlar körsatgan va ularning şaxsini yaşirişda iştirok etgan bölişi mumkin, deydi AQŞ rasmiylari.
«Bugungi qadamimiz Kremlning korrupsion işonçli şaxslarini qöllab-quvvatlaş oqibatlarini körsatadi, noqonuniy mablağlarni yuviş uçun virtual valutani suiiste’mol qilişga qarşi kuraş böyiça AQŞning sa’y-harakatlarini ta’kidlaydi va pul yuvuvçini foş qiladi, - dedi Mettyu Miller. - Bu qadam G7 sanksiyalaridan qoçiş va Rossiya, uning elitalari, vositaçilari, oligarxlariga xalqaro sanksiyalar ta’sirini bartaraf etiş uçun virtual valutadan foydalanişga imkon beruvçi böşliqlarni yopişga qarşi kuraş böyiça majburiyatlarimiz bilan ham mos keladi».

















