AQSh Senati Isroilga yordam ko‘rsatish loyihasini blokladi
Ilgari respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgan Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasi demokratlar ustunlikka ega bo‘lgan Senatda qabul qilinmadi. Oq uy unga veto qo‘yishga va’da berdi.

Foto: 123RF/rabbit75123
AQSh Senati 7 noyabr, seshanba kuni Isroilga Falastinning HAMAS tashkilotiga qarshi kurashida Ukrainaga bir vaqtning o‘zida ko‘mak ko‘rsatmasdan yordam berish uchun 14,3 milliard dollar ajratish haqidagi qonun loyihasini blokladi. Avvalroq, 2 noyabr kuni u respublikachilar ko‘pchilik bo‘lgan Vakillar palatasi tomonidan ma’qullangan, biroq demokratlar ustunlikka ega bo‘lgan AQSh Kongressining yuqori palatasida ovoz berishdan o‘ta olmadi.
Agar Senat qonun loyihasini ma’qullaganida, u AQSh prezidenti Jo Baydenga imzolash uchun taqdim etilgan bo‘lardi, biroq Oq uy Bayden ikki palatada ovoz berishdan o‘tgan taqdirda ham hujjatga veto qo‘yishi va imzolashdan bosh tortishi haqida oldindan ogohlantirgan.
Isroilga yordam bo‘yicha qonun loyihasi
Vakillar palatasi respublikachilari tomonidan 30 oktyabrda ilk bor taqdim etilgan qonun loyihasi palata yangi spikeri Mayk Jonson davridagi birinchi yirik qonunchilik tashabbusi hisoblanadi. Uning mohiyati faqat Isroilga yordam ko‘rsatish, jumladan, Isroilning «Temir gumbaz» va «Dovud choponi» havo mudofaa tizimlarini sotib olish uchun 4 milliard dollar, shuningdek, «Temir nur» tizimini rivojlantirish uchun 1,2 milliard dollar ajratishdan iborat edi.
Qonun loyihasi kiritilgach, u AQSh senatorlari tomonidan tanqid qilindi. Shu tariqa, 31 oktyabr kuni Senatdagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnel qonun loyihasiga to‘rtta hudud – Ukraina, Isroil, Tayvan va AQShning Meksika bilan chegarasiga tegishli choralarni kiritish zarurligini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Senatdagi demokratik ko‘pchilik yetakchisi Chak Shumer Vakillar palatasida taqdim etilgan qonun loyihasini «bema’ni taklif» deb atadi. Agar u quyi palata tomonidan qabul qilinsa, Senatda hech qanday imkoniyati bo‘lmaydi, dedi u jurnalistlarga.
Bayden Kongressdan Isroil va Ukrainaga yordam so‘radi
Avvalroq, 20 oktyabr kuni Jo Bayden AQSh Kongressiga Ukrainaga bir yil muddatga 61,4 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam, shuningdek, Isroil mudofaasini mustahkamlash uchun 14,3 milliard dollar hamda qo‘shimcha mablag‘ sifatida 31 milliard dollar, jumladan, Falastin aholisiga yordam berish uchun 10 milliard dollar, AQSh-Meksika chegarasini himoya qilish uchun 13,6 milliard va boshqa milliy xavfsizlik ustuvorliklari uchun 7,4 milliard ajratish so‘rovini yuborgan edi. AQSh prezidenti Kongressdan so‘ragan mablag‘ning umumiy miqdori 106,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

17:43 / 10.05.2025