8-10 noyabr kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbir munosabati bilan quyidagi yo‘nalishlarda transport harakati cheklanadi:

Xalqaro aeroportdan Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;

Nukus ko‘chasi — Bobur chorrahasidan Movarounnahr ko‘chasigacha;

Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;

Bunyodkor chorrahasidan Amir Temur — Islom Karimov ko‘chasi chorrahasigacha;

Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;               

Mustaqillik chorrahasidan Navoiy — Labzak chorrahasigacha;

Beshyog‘och chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi — Beshyog‘och chorrahasigacha;

Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.

Haydovchilarga shu kunlarda yuqoridagi ko‘chalarda zarurat bo‘lmasa harakatlanish tavsiya etilmaydi.

Quyidagi jamoat transporti yo‘nalishlarida esa oraliq interval vaqtlari va qatnov vaqtlarining ortib ketish holatlari yuzaga kelishi mumkin:

  • Bobur ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 11, 40, 45, 47, 67, 76, 77, 94-sonli avtobus yo‘nalishlarida;
  • Nukus ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 2, 12, 80, 81, 97, 127, 196-sonli yo‘nalishlarda;
  • Oybek ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 57, 67-sonli yo‘nalishlarda;
  • Afrosiyob ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 13, 196-sonli yo‘nalishlarda;
  • Sh.Rashidov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 30, 37, 57, 85, 97, 140-sonli yo‘nalishlarda;
  • I.Karimov ko‘chasi orqali harakatlanuvchi 1, 19, 21, 51, 60, 67, 85-sonli yo‘nalishlarda;