Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an boshchiligidagi Turkiyaning katta delegatsiyasi O‘zbekistonga yo‘l oldi
Turkiya prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n oltinchi sammitida ishtirok etadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yo‘l oldi.
«Anadolu» xabariga ko‘ra, bortida Turkiya davlati rahbari bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 11:00 (Toshkent vaqti bilan 13:00)da Anqaradagi Esenbog‘a aeroportidan havoga ko‘tarildi.
Prezident Erdo‘g‘anni aeroportda vitse-prezident Jyevdet Yilmaz, prezident ma’muriyati ma’muriy ishlar bo‘yicha direktori Metin Kiratli va Anqara gubernatori Vaksip Shahinlar kuzatib qo‘ygan.
Tashrif chog‘ida Turkiya rahbariga tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, savdo vaziri O‘mer Bolat, prezident ma’muriyati qoshidagi aloqalar bo‘limi rahbari Fahrettin Altun, prezident bosh maslahatchisi, elchi Akif Chag‘atay Qilich va Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim hamrohlik qiladi.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026