7 oktyabr kuni Falastinning eksklavi Ğazo sektoridagi HAMAS kuçlari Isroilga hujum qilişi ortidan boşlangan Isroilning javob zarbalari bir oydirki davom etyapti.

Bu orada AQŞ davlat kotibi Yaqin Şarqqa ikki marta, prezident Bayden esa bir marta kelib ketdi. Arab davlatlaridan tortib, to Janubiy Amerika davlatlarigaça Ğazodagi qirğinga munosabat bildirdi. Ba’zi mamlakatlar Isroildan elçisini çaqirib ham oldi. Isroil esa xalqaro çaqiriqlarga e’tibor bermay, Ğazo içkarisiga töxtovsiz hujumlar qilmoqda.

Kun.uz “Geosiyosat” ruknida uruşning bir oyligi munosabati bilan siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Şavkat Ikromov bilan suhbatlaşdi.

— Uruş boşlanganidan buyon Blinken ikkinçi marta Yaqin Şarqqa keldi, buning sababi nima?

Şavkat Ikromov: — 3 ta asosiy sababni sanab ötiş mumkin. Birinçidan, AQŞning özidagi siyosiy doiralarda uruşga nisbatan norozilik kayfiyati ortib boryapti. Demokratlarda ham, respublikaçilarda ham, uruşni töxtatiş talablari ortyapti. Özi Bayden prezidentlik davrida Yaqin Şarqqa e’tiborni pasaytirgan edi. 7 oktyabr voqealaridan keyin favqulodda Yaqin Şarqqa kirib kelişi boşlandi. Bu esa AQŞ siyosiy doiralarining katta bosim bilan işlaşiga sabab böldi va oqibatda norozilik yuzaga keldi.

Ikkinçidan, Netanyahu boşçiligidagi öng kuçlar olib borayotgan siyosatni qöllagani uçun AQŞni ikkiyuzlamaçi va demokratik tamoyillarga amal qilmayotgan davlat sifatida körsatyapti. Şuning uçun çoralar köriş kerak edi.

Uçinçidan, uruş yakunidan keyin Ğazodagi vaziyat qanday bölişini muhokama qiliş maqsadi ham bor. Blinken Yaqin Şarqdagi bir qança mamlakatlarga bordi. AQŞ uruşning Ğazodan taşqariga çiqmasligini istaydi, hozirça şunday bölib turibdi.

Kamoliddin Rabbimov: — Butun dunyoni Amerika harbiy strateglari alohida okruglarga böladi. Markaziy harbiy qömondonlik Şimoliy Amerika emas, Yevroosiyo qit’asining Yaqin Şarq mintaqasi hisoblanadi. Yaqin Şarq, qisman Afrika davlatlari Markaziy harbiy qömondonlik deb ataladi AQŞ strategiyasida. Bu qömondonlik markazida Isroil turadi. Isroil taşkil topganidan bugungaça AQŞning siyosiy, geosiyosiy, harbiy strategiyasida alohida rol öynaydi. Prezident Regan davrida NATOdan taşqari AQŞning harbiy ittifoqçilari degan tamoyil kiritilgan, AQŞga 19 ta davlat ana şunday ittifoqçi, ularning birinçisi – Isroil. AQŞ öziga Isroilni himoya qiliş majburiyatini olgan.