Toşkentda bir kunda yölovçi avtobusi bilan boğliq ikkita yöl-transport hodisasi sodir böldi. 

Yaşnobod tumani Maxtumquli köçasi Aşxobod boği çorrahasida MAN rusumli 21-sonli avtobus yöl qatnov qismining çap bölagida töxtab turgan Nexia-1 avtomobilning orqa qismiga borib urilgan.

«Toşşahartransxizmat» xabariga köra, avtobus yöl qatnov qismining çap bölagida heç qanday avariya holatini anglatuvçi belgilarini qöymasdan va avariya çiroqlarini yoqmasdan töxtab turgan yengil avtomobilga borib urilgan. Avtomobil haydovçisi tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Mirzo Uluğbek tumanida Mirzo Uluğbek şohköçasida «Buyuk Ipak yöli — Çingeldi» metro yönalişi böylab harakatlanayotgan 151-sonli yölovçi avtobusi Equinox rusumli avtomaşina bilan töqnaşib ketgan.

Equinox qayrilib olmoqçi bölgan avtobusning old qismiga kelib urilgan.

Hozirda Toşkent şahar YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.