Toshkent shahrida isitish tarmoqlarida avariyaviy ta’mirlash ishlari davom ettirilishi, shuningdek, yangi shikastlanishlar aniqlangani sababli bugun, 11 noyabr kuni qator manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yunusobod tumani: 4, 7, 8 va 9-mavzelar, Ergashev ko‘chasi (1, 2, 3, 4-uylar), Gidrometeorologiya markazi, Mudofaachilar ko‘chasi (55, 72-uylar), Niyozbek yo‘li 6, Ts-2 (qisman), Osiyo ko‘chasi.

Mirzo Ulug‘bek tumani: Ts-1 (21, 23, 24-uylar), Hamid Olimjon maydoni (1, 2, 3, 4, 5, 7-uylar), Mustaqillik ko‘chasi (22, 42-uylar).

Issiq suv va issiqlik ta’minoti avariyaviy ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng (taxminan 11 noyabr yarim tungacha) tiklanadi.