Samarqand viloyati Bulunğur tumanida pul evaziga turar joy binolarini noturar mulk obektiga ötkazib berişni va’da qilgan şaxs uşlandi, deb xabar beradi Boş prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilişiça, departamentning Bulunğur tuman bölimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda S.S. ismli şaxs fuqaro A.X.ning işonçiga kirib, unga fuqaro J.R.ga tegişli yer maydonida qurilgan turar joy binolarini noturar mulk obektiga ötkazib berişi evaziga 6 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

















