O‘zbekiston | 08:22 / 16.11.2023
14970
3 daqiqa o‘qiladi

Ziroat Mirziyoyeva G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

O‘zbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qayg‘u-alamlarni yurakdan o‘tkazmoqda, dedi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

Foto: Telegram / manbaofficial

O‘zbekistonning birinchi xonimi, Zamin xalqaro jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Istanbul shahrida Falastin bo‘yicha o‘tkazilgan sammitda ishtirok etdi

O‘zbekiston xalqi Falastinning tinch aholisi boshiga tushgan kulfat va qayg‘u-alamlarni yurakdan o‘tkazmoqda, dedi Ziroat Mirziyoyeva Istanbuldagi sammitda.

U har ikki tomonni ham zudlik bilan o‘t ochish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga, tang ahvolda qolgan aholiga gumanitar yordam yetkazish uchun imkoniyat yaratishga, nizoni faqatgina tinch, diplomatiya yo‘li bilan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etishga chaqirib, O‘zbekistonning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor bildirdi.

O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdam va yakdil ekani, uning Birlashgan Millatlar Tashkiloti rezolyutsiyalariga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Sammit yakunida davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining G‘azo sektori bo‘yicha yig‘ilishi Yaxshi niyat deklaratsiyasi qabul qilindi.

PS: Mirziyoyeva Ziroát Maxmúdovna (1964 yil 4 dekabr kuni tug‘ilgan, Qo‘qon shahri, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston SSR) – jamoat arbobi, muhandis-iqtisodchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning rafiqasi.

Ziroat Mirziyoyeva 1964 yil 4 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini (hozirda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti) muhandis-iqtisodchi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi. Ikki nafar qizi va bir nafar o‘g‘li bor. Mumtoz va milliy musiqani xush ko‘radi, tarix bilan qiziqadi.

2020 yildan buyon O‘zbekistonda ochiq va inklyuziv muhitni yaratish orqali aholining yordamga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, sog‘liqni saqlash va ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha qator xayriya loyihalarini amalga oshirayotgan “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisidir.

Fond faoliyatining ustuvor yo‘nalishi atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat. Ko‘kalamzorlashtirish, havo sifati monitoringini avtomatlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yoshlar orasida ekologik ta’limni rivojlantirish, olis hududlarda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi masalalar bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.  

Ijtimoiy va ekologik sohalardagi dolzarb masalalarga ko‘proq e’tibor qaratish maqsadida ham milliy, ham xalqaro darajada qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid