O‘zbekiston | 08:00 / 18.11.2023
6980
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV rahbari Xitoyga tashrif buyuradi

Baxtiyor Saidov 19−22 noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

Foto: t.me/Baxtiyor Saidov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 19−22 noyabr kunlari Xitoyda bo‘ladi.

XKP Markaziy qo‘mitasi ciyosiy byurosi a’zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ining taklifiga binoan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyga tashrif buyuradi.

Tashrif doirasida TIV rahbarlari Xitoy va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida birinchi strategik muloqotni o‘tkazadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid