Yevro-2024 saralashi guruhlarida navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu turda Slovakiya, Vengriya, Albaniya, Daniya, Niderlandiya, Shveytsariya va Ruminiya yo‘llanmani hal qildi. Hozirgacha chempionatda ishtirok etuvchi 16 jamoa (mezbon Germaniya bilan birga) nomi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

A guruhi 

Yamaldan chiroyli gol

Kipr — Ispaniya 1:3
Gollar: Pileas (75) — Yamal (5), Oyarsabal (22), Xoselu (28). 
Ispaniya – Rayya, Navas (Karvaxal, 66), Le Norman (David Garsiya, 46), Pau Torres, Grimaldo, Merino (Aleish Garsiya, 46), Subimendi, Gavi, Oyarsabal (Rikelme, 40), Yamal (Ferran Torres, 73), Xoselu.

Allaqachon turnir yo‘llanmasini naqd qilgan Ispaniya milliy jamoasi futbolchilari Kiprda yayradi. Luis de la Fuenta boshqaruvidagi «Qizil furiya» yana o‘z o‘yinidan bahra olishda va muxlislarga zavq bag‘ishlashda davom etmoqda. Yamalning hisobni ochuvchi goli ham ramziy ma’noga ega bo‘ldi. Bu gol urilgan hujum individual mahorat va jamoaviy sa’y-harakatlar uyg‘unligida urildi, mehmonlar golli kombinatsiya davomida ushbu saralash bosqichi uchun rekord darajadagi 22 uzatmani amalga oshirishdi.

Yamal bu safar hech qanday shaxsiy rekord o‘rnatmagan bo‘lsa-da, unikal yutuq hammualliflaridan biriga aylandi. Payshanba oqshomidagi o‘yinda 16 yoshli forvard bilan (u avvalroq milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchi bo‘lgandi) bir vaqtda Xesus Navas ham o‘ynadi. Ularning yoshidagi farq hayratlanarli darajada — 21 yil-u 234 kun. Navas shu kunlarda 38 yoshga kirganini nishonlagandi va bu hozirgi shtab futbolchilarning yoshiga qaramasligini yana bir bor isbotlaydi. Shuning uchun Hoselu milliy jamoada samarali o‘ynamoqda, u o‘rtacha har 45 daqiqada bitta golli harakat amalga oshirmoqda. 33 yoshli faxriy futbolchi yozda milliy jamoada debyut qilgandi va o‘tgan vaqt ichida 5 gol urib, 2 golga uzatma bergan. Kiprda u 1+1 ko‘rsatkichini qayd etdi.

Gurjiston — Shotlandiya 2:2