The Washington Post: Isroil, HAMAS va AQSh sulh bo‘yicha «dastlabki» kelishuvga erishdi
Harbiy harakatlarni besh kunga to‘xtatish evaziga 50 dan ortiq isroillik qo‘yib yuborilishi ko‘zda tutilgan. Bu vaqt ichida sektor hududiga insonparvarlik yordami hajmi bir necha barobar oshirilishi mumkin.

Foto: TsAHAL / AFP / Scanpix / LETA
The Washington Post nashri xabar berishicha, Isroil va HAMAS AQSh vositachiligida G‘azo sektorida vaqtincha yarashish bo‘yicha «dastlabki» kelishuvga erishgan. Sulh shartlariga ko‘ra, harbiy harakatlarda besh kunlik tanaffus qilinadi, falastinliklar garovdagi o‘nlab kishilarni ozod etadi.
Olti sahifali hujjatda garovdagilarni ozod etish ishlari yaqin vaqtlar ichida boshlanishi ko‘zda tutilgan. Garovdagilardan «ellik nafar yoki undan ortiq qismi» har 24 soatda kichik guruhlarga bo‘lingan holda qo‘yib yuboriladi. Sulhga rioya etilishi «havodan turib nazorat qilinadi». Bu tanaffus insonparvarlik yordami hajmini jiddiy darajada ko‘paytirishga imkon beradi — jumladan Misrdan G‘azo sektoriga yetkazib beriladigan yonilg‘ini ham.
Isroilning Vashingtondagi mamlakat hukumati «garovga olinganlar bilan bog‘liq vaziyatning hech bir jihatini izohlamoqchi emasligi»ni bildirgan.
Bundan oldinroq HAMAS Qatar vositachiligidagi muzokaralarda bir necha kunlik sulh evaziga 50 nafar isroillik ayol va bolani ozod qilish taklifini bildirgani, Isroil tomoni bunga ko‘nmagani xabar qilingandi. Isroil tomoni garovga olingan oilalar bir-biridan ajralishi mumkin emas deb hisoblagan, ular bir oila vakillari birgalikda ozod etilishi va ko‘proq odam qo‘yib yuborilishini istamoqda.
- HAMAS harakati a’zolari 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilib, 1200 dan ortiq kishini o‘ldirgan va 240 dan ortiq kishini garovga olgandi. Isroil mudofaa armiyasi bunga javoban G‘azo sektori bo‘ylab aviazarbalar berdi, keyin quruqlik amaliyotini boshladi. Falastin tomoni ma’lumotiga ko‘ra, sektorda 7 oktyabrdan buyon 11 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

08:23 / 23.05.2025
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:15 / 22.05.2025