Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daraxtlarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin
Senatga yuborilgan hujjatga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va 3 yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Qonunchilik palatasida daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Deputat Odil Tojiyevning yozishicha, endilikda daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesadigan fuqaro yoki mansabdor shaxs amalda belgilangan jarima miqdoridan o‘rtacha besh barobar ko‘p jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
Shuningdek, daraxt va butalar qimmatbaho navlari kesilishiga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun ham katta miqdordagi jarima undiriladi.
Ya’ni, daraxt va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik uchun yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Mavzuga oid
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026