16:55 / 22.11.2023
4003

Mobiuz Qoraqalpog‘istonda 220 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

Foto: Mobiuz

Mobiuz Qoraqalpog‘istonda ko‘proq yangi tayanch stansiyalarni qurish hisobiga tarmoq qamrovi hududini kengaytirishga intilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning eng g‘arbiy va eng katta qismi bo‘lib, mamlakatimiz hududining deyarli 40 foizini egallaydi. Shu bilan birga, u aholisi eng past zichligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi – bu yerda har bir kvadrat kilometrga taxminan 12 kishi to‘g‘ri keladi. Shahar va ovullar atrofida esa cheksiz cho‘llar joylashgan.

Mobiuz Qoraqalpog‘istonning bunday geografik va demografik xususiyatlarini inobatga olmoqda. Kompaniya yangi hududlarni bosqichma-bosqich 4G LTE bilan qamrab olish, shuningdek, respublikaning katta shaharlarida tarmoq sig‘imini oshirishga intilmoqda. Mobiuz ishga tushirgan 220 dan oshiq tayanch stansiyalarining 160 dan ortig‘i mutlaqo yangi joylardagi obektlarda joylashgan.

Xususan, Nukus shahrida 30 ta, Beruniy tumanida 29 ta, Amudaryo tumanida 24 ta, To‘rtko‘l tumanida 21 ta, Nukus tumanida 13 ta, Qo‘ng‘irot tumanida 11 ta yangi tayanch stansiyalari o‘rnatildi. Qolgan tayanch stansiyalari Kegeyli, Chimboy, Qorauzoq, Taxtako‘pir, Shumanay, Xo‘jayli, Qanliko‘l, Taxiatosh va boshqa tumanlarda joylashgan.

Buning samarasida Amudaryo tumanidagi Qoramon qishlog‘i, Chimboy tumanidagi Berdaq qishlog‘i, Qo‘ng‘irot tumanidagi “Miynetobod”, Nukus tumanidagi “Bakanshoqli”, Xo‘jalidagi “Mustaqillik” qishloq fuqarolar yig‘inlari, Kegeyli tumanidagi Abat shahri va boshqa aholi punktlari aholisi endilikda Mobiuz kompaniyasining yuqori sifatli xizmatlaridan foydalanmoqda.

Mobiuz amaldagi tayanch stansiyalarini modernizatsiya qilishda davom etmoqda. Eng ko‘p modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalari Ellikqal’a tumaniga (13 ta), Nukus shahri, Amudaryo va Beruniy tumanlariga (har birida 11 tadan) to‘g‘ri kelmoqda. Qoraqalpog‘istonda Mobiuzʼning jami 60 dan ortiq tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinib, ishga tushirildi.

Yil oxirigacha Nukusdagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazi texnik jamoasi oldida ulkan vazifalar turibdi. Yangi tayanch stansiyalarini qurish, mavjudlarini yangilash, transport tarmog‘ini takomillashtirish yordamida 4G LTE interneti yanada rivojlantiriladi.

Mobiuz haqidagi ko‘proq yangiliklar bilan kompaniyaning Telegram-kanalida tanishib chiqishingiz mumkin. Avvalroq operator Andijon viloyatida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot bergan edi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top