AQŞ şafeligida taşkil etilgan Ukraina mudofaasi böyiça («Ramştayn» formati) aloqa guruhining navbatdagi, 17-konferensiyasi iştirokçilari yangi koalitsiya tuzişga qaror qildi, uning maqsadi Ukraina havo mudofaasini kuçaytirişdir. 22 noyabr, çorşanba kuni bölib ötgan yiğilişni oçar ekan, AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin avvalroq Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari hamda Ukrainaning axborot-texnologik imkoniyatlarini mustahkamlaşga qaratilgan koalitsiyalar taşkil etilganini, endi esa Kiyevni yerga asoslangan havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlaş haqida gap ketayotganini eslatdi.
«Uşbu muhim taşabbusni taşkil etişda Germaniya va Fransiya yetakçiligini olqişlayman. Ötgan hafta ular özlarining ilk virtual koalitsiya muhokamasini ötkazdi. Va biz bu sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaş uçun barça aloqa guruhi resurslarini jalb qilmoqdamiz», dedi Ostin 50 mamlakat vakillari iştirok etgan yiğilişda. Pentagon rahbari Ukraina ittifoqçilarini mamlakat aholisini himoya qiliş uçun kelasi qiş mavsumi oldidan havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlaşga çaqirdi.
Ostin: Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga hujumi azoblarni anglatadi
AQŞ Mudofaa vazirligi rahbari noyabr oyi örtalarida Kiyevga qilgan taşrifini ham esladi. Lloyd Ostinning aytişiça, bir neça kun avval rus kuçlari «Ukraina elektr tarmoğini işdan çiqariş maqsadida Kiyev va Ukrainaning boşqa hududlariga yangi raketa hujumlarini uyuştirdi». «Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga hujumlari son-sanoqsiz begunoh Ukraina fuqarolari uçun azob-uqubatni anglatişi mumkin. Lekin men ukrainaliklar öz uylari, oilalari va kelajagi uçun kuraşayotganda Ukraina xalqi sabr-toqatli bölişiga har doimgidan ham işonçim komil», - deya ta’kidladi u.
Ostin, şuningdek, Ukrainaning ittifoqçilari zarur bölganda uni qöllab-quvvatlaşiga işontirdi. «Biz Ukrainani qöllab-quvvatlaşga e’tibor qaratmoqdamiz, çunki u bu qişda kuraşni davom ettirmoqda va muhim infratuzilmasini himoya qilmoqda», deb tuşuntirdi u. Amerika mudofaa vazirining eslatişiça, ukrainaliklar 20 oy davomida Rossiyaga qarşi turiş qobiliyatini namoyiş etmoqda. U AQŞ prezidenti Jo Baydenning sözlarini esladi: aybdorlar tajovuz uçun katta narx tölamasa, ular tinçlikka tahdid solişda davom etadi.
Ukrainaga yordam masalasi
Isroilning Ğazodagi harbiy amaliyotini tilga olgan Lloyd Ostin, Ukraina ham, Isroil ham ularni yöq qilmoqçi bölgan duşmanlarga duç kelayotganini ta’kidladi. «Biz Eron HAMAS va Rossiyani qurollantiriş orqali Ğazoda ham, Ukrainada ham mojaroni kuçaytirayotganini köryapmiz. Eronning Kreml va HAMASni qöllab-quvvatlaşi Ukrainaga, Yaqin Şarqdagi barqarorlik va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibga zarar yetkazmoqda», - dedi amerikalik vazir. U «AQŞ Ukrainani kuçli qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga töliq qodir»ligiga işonç bildirdi.

















