Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada Gert Vildersning g‘alabasiga qarshi namoyishlar o‘tkazilmoqda
O‘ng populistning parlament saylovlarida g‘alaba qozonishi Niderlandiyada yashovchi muhojirlarni xavotirga solmoqda.
Niderlandiya parlament saylovlarida o‘ng qanot populist Gert Vilders partiyasi g‘alaba qozongach, 23 noyabr, payshanba kuni yuzlab odamlar norozilik namoyishi sifatida ko‘chalarga chiqdi. Utrextda mingga yaqin odam bir qator so‘l partiyalarning «Sizlar yolg‘iz emas» shiori ostida namoyish o‘tkazish chaqirig‘iga javob berdi. Xuddi shunday norozilik Amsterdamda ham bo‘lib o‘tdi.
Utrextdagi namoyish tashkilotchilari: «Biz Niderlandiya xalqiga hech qachon hech kimni yolg‘iz qoldirmasligimizni va barchaning huquqlarini himoya qilishimizni ko‘rsatmoqchimiz», dedi. Suriyalik talaba Judi Karajolining AFP'ga aytishicha, Vildersning saylovdagi muvaffaqiyati «uni juda qo‘rqitdi». Uning fikricha, «Ozodlik partiyasi» (PVV) ochiqdan-ochiq irqchi partiyadir. Qizning ko‘p do‘stlari yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan qochqinlar bo‘lib, endi ular kelajagidan xavotirda. PVV o‘z dasturining bir qismi sifatida, xususan, suriyalik qochqinlarni yashash uchun ruxsatnomadan mahrum qilishga chaqiradi, chunki Suriyaning ayrim hududlari hozirda «xavfsiz» ekani aytiladi.
Misrlik dasturiy ta’minot muhandisi Ahmad Hassan bir siyosiy partiya Niderlandiyani «nisbatan xavfsiz emas, balki biroz xavfsizroq» qilishga urinayotganidan xavotirda ekanligini aytdi.
Niderlandiyada hukumatni shakllantirish jarayoni hali oldinda
Chorshanba kungi parlament saylovlarida Vildersning partiyasi parlamentdagi 150 o‘rindan 37 tasini qo‘lga kiritdi va shu tariqa u yerda eng yirik fraksiyani tuzadi. Biroq, boshqa siyosiy kuchlar PVV bilan hamkor bo‘lish imkoniyatini hozirgacha inkor etgani uchun hukumatni shakllantirishning qiyin jarayoniga duch kelishi mumkin.
Niderlandiyada saylov kampaniyasi paytida Vilders nisbatan mo‘’tadil imijga intildi. Biroq u boshpana izlovchilar uchun mamlakat chegaralarini yopishga chaqirdi. «Ozodlik partiyasi»ning saylovoldi dasturida, xususan, muhojirlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni qisqartirish va diniy maktablarni taqiqlash bo‘yicha bandlar bor edi. Vildersning partiyasi, shuningdek, Niderlandiyaning YeIdan chiqishi kerakligi haqida «majburiy referendum» o‘tkazishga intilmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026