Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston prezidenti Ozarboyjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Boku shahriga amaliy tashrifi doirasida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi.
Ozarboyjon yetakchisi O‘zbekiston prezidentiga BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPeKA) birinchi sammitini qo‘llab-quvvatlagani va unda shaxsan ishtirok etayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbari, o‘z navbatida, Ozarboyjon prezidentini SPeKAda muvaffaqiyatli raislik qilayotgani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston-Ozarboyjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, shu jumladan oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tizim va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarboyjon munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilgani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 34 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Transport va logistika sohasida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘nalishlari yuzasidan ham fikr almashdilar. Kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida davlat rahbari Ozarboyjon prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.
Mavzuga oid
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
21:54 / 15.10.2024
Bokuda Qorabog‘ni qayta tiklashga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma ochildi
18:55 / 30.08.2024
“Armaniston tinchlikdan manfaatdor emas va ataylab vaqtni cho‘zmoqda” - Ilhom Aliyev
13:05 / 25.08.2024