Metropoliten ma’muriyati xabariga köra, Toşkent metropoliteni “Yerusti halqa yöli” yönalişining II bosqiçidagi Quruvçilar dahasidan Sergeli mavzesigaça bölgan Turon (13-bekat) va Qipçoq (14-bekat) metro bekatlarini işga tuşiriş maqsadida yönalişdagi boşqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan özaro boğlaş işlarini taşkillaştiriş rejalaştirilgan.

Şu sababli rejadagi işlarni amalga oşiriş uçun yuqoridagi ikki bekatda iş tartibi qisqaradi.

Tuzel (3-bekatidan) Quruvçilar (12-bekat) bekatigaça bölgan bekatlar oraliğida iş rejimi özgarmagan holda 05:00 dan 23:00 gaça taşkil etiladi.

Soat 05:00 dan 06:00 gaça va 22:00 dan 23:00 gaça Tuzel—Quruvçilar bekatlari oraliğida bir tomonlama poyezdlar harakati taşkil etiladi.