24 noyabr tongida Isroil mudofaa armiyasi va falastinliklarning HAMAS harakati o‘rtasida G‘azo sektorida to‘rt kunga harbiy harakatlarni to‘xtatishni ko‘zda tutuvchi sulh amalga kirdi. Kun oxirida Qizil xoch vositachiligida sektorda garovda ushlab turilganlarning 13 nafari qaytarildi. Bunga javoban Isroil qamoqxonadan 39 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yubordi. Bundan tashqari, alohida kelishuvga ko‘ra HAMAS Tailandning 12 fuqarosini ham ozodlikka chiqargan.

25 noyabr kuni kechqurun HAMAS yana 13 nafar isroillik mahbusni hamda Tailandning to‘rt nafar fuqarosini Qizil xoch jamiyatiga topshirdi. O‘z navbatida, Isroil 39 nafar mahbusni qo‘yib yubordi, ular orasida ayollar va voyaga yetmaganlar ham bor. Ushbu guruh ham Iordan daryosining g‘arbiy sohiliga yetib borgan.

HAMAS to‘rt kun ichida jami 50 nafar isroillik ayollar va bolalarni qaytarishi, Isroil hukumati esa qamoqxonalardagi 150 nafar falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuborishi kerak.

Vositachilar sulh uzaytirilishi va garovdagilar va mahbuslarni almashish davom etishiga umid bildirmoqda. 

Shuningdek, sektor hududiga har kuni insonparvarlik yordami ortilgan 200 ta fura kirmoqda. TsAHAL sektor janubiga evakuatsiya qilingan falastinliklarni gumanitar pauza vaqtincha ekani hamda G‘azodagi HAMAS a’zolari yashiringan joylar harbiy harakatlar hududi bo‘lib qolayotganidan ogohlantirgan. Tinch aholi vakillaridan sektor shimoliga qaytmaslik so‘ralgan. Quyida G‘azo sektorida vaqtincha sulh vaqtida nimalar bo‘layotgani aks etgan suratlar.

Isroil harbiy texnikalari kolonnasi G‘azo sektorini tark etmoqda, 2023 yil 24 noyabr
Tsafrir Abayov / AP / Scanpix / LETA
TsAHAL harbiy xizmatchilari G‘azo sektori bilan chegarada, 2023 yil 24 noyabr
Amir Levy / Getty Images
Sektordagi asosiy trassa Saloh ad-Din bo‘ylab G‘azo shimoliga ketayotgan falastinliklar. Yo‘lda Isroil tanklaridan blokpost o‘rnatilgan. 2023 yil 24 noyabr
Mohammed Dahman / AP / Scanpix / LETA