Toşkent şahar Yunusobod tumanida Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus iştirokida yöl transport hodisasi sodir böldi. «Toşşahartransxizmat» AJ axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat 25 noyabr kuni soat 13:10 larda, Yunusobod tumani, A.Temur köçasi Şahriston metro bekatida sodir bölgan. «8-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 51-sonli yönalişda harakatlanayotgan haydovçi A.J. boşqaruvidagi elektrobus hamda «4-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi King Long rusumli 2M-sonli haydovçi R.A boşqaruvidagi avtobus töqnaşgan.
Dastlabki ma’lumotga köra, avtobus yölovçilari orasida uşbu yöl-transport hodisasi natijasida tan jarohati olgani haqida şifoxonaga murojaat qilganlar yöq. Yutong rusumli elektrobus va King Long rusumli avtobus texnik şikastlangan.
Şuningdek, «Toşşahartransxizmat» AJ rahbariyati hamda «Idoralararo tezkor ştab» işçi guruhi mas’ul xodimlari hodisa sodir bölgan joyga çiqib, yöl-transport hodisasi kelib çiqiş sabablari örganilgan va boşqaruv raisi örinbosari boşçiligida hodisa yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Hozirda uşbu YTH Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylaştirilib, suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















